Page 19 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 19
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
va yangi ixtirolar sifatida turli sohalarda (iqtisodiy, ijti moiy, maʼnaviy
hayotimizda, boshqaruv tizimi kabilarda) qo‘llani shi bi lan bog‘liq
hodisa tushuniladi. Mazkur taʼrif hamma sohaga, hamma vaqt ga va
4
hamma manfaatdor subyektlarning manfaatlariga mos keladi.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi
tushunchalar bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va
iqtisodiyot tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o‘rnashib
olmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda korxonalarning raqobatdosh-
ligini oshirishda, bozorda o‘z mavqeini mustahkamlashda va xaridor-
gir mahsulot ishlab chiqarishda innovatsiyalar muhim omillardan biri
hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirish va amaliyotga
joriy etishda, eng avvalo, asosiy termin va tushunchalarni aniqlash-
tirish lozimdir.
Innovatsiya muammosi bilan shug‘ullanuvchi respublika va xorij
olimlarining tadqiqotlarini o‘rganish natijasida innovatsiya, inno-
vatsion jarayon va innovatsion faoliyatning mazmuni va mohiyati-
ga turlicha yondashuvlar borligi aniqlandi. Ko‘pgina iqtisodiy adabi-
yotlarda birinchilardan bo‘lib innovatsion jarayonlarning taʼrifini,
turlarini va umuman innovatsion faoliyat nazariyasiga muhim hissa
qo‘shgan olim sifatida avstraliyalik olim Yozef Shumpeterni taʼkidlab
o‘tishadi. Bu vaqtlarda innovatsiya haqida fikr yuritilmagan, ammo
iqtisodiyotni rivojlantirishda “samarali usul”, “yangilik”, “taʼsir”,
“qo‘llash” kabi tushunchalardan foydalanilgan.
Y. Shumpeter o‘z tadqiqotlarida rivojlanishda yangi kombinatsi ya-
larga oid masalalarini ko‘rib chiqdi, innovatsion jarayonning to‘liq taʼ-
rifini berdi va beshta namunali o‘zgarishlarni alohida ajratib ko‘rsa tadi:
-ishlab chiqarishda yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki
yangi bozor taʼminotidan foydalanish (oldi-sotdi);
-yangi sifatdagi mahsulotlarni joriy etish;
-yangi xomashyodan foydalanish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishdagi va uning moddiy-texnik
taʼminotdagi o‘zgarishlar;
-yangi sotuv bozorlarining paydo bo‘lishi. “Yangilik”, “yangi lik
4 Pardayev M.Q., Mamasoatov T.X. Modernizatsiya, diversifikatsiya va innovatsiya – iqtisodiy o‘sishni muhim
omillari. Monografiya-T.. “Navruz”. 2014, 38 bet.
18