Page 23 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 23

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                O‘zbekiston 2030-yilga borib, ilg‘or 50 davlat qatoridan joy egal-
             lashi uchun hozirgi ko‘rsatkichlar bo‘yicha olganda, 100 ballik rey-
             tingda kamida 35-37 oralig‘idagi reyting ball uchun harakat qilishi
             lozim. Mamlakatimiz nufuzli reytingda 93-o‘rinni egallagan bo‘lsa-
             da, ayrim ko‘rsatkichlar borasida dunyoning birinchi o‘ntalik mam-

             lakatlari qatoridan o‘rin olgan. Chunonchi,
                1). Institutlar (95-o‘rin): bunda biznes uchun qulay shart-sharoit-
             lar (8-o‘rin), bu, yuqori ko‘rsatkichdir;
                2). Inson kapitali va tadqiqotlar (77-o‘rin): bunda taʼlim xarajat-
             lari (31-o‘rin), o‘quvchi – o‘qituvchilar nisbati (38-o‘rin), fan va mu-
             handislik bitiruvchilari (7-o‘rin) juda ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega
             bo‘ldi;
                3). Infratuzilma (72-o‘rin): bunda umumiy infratuzilma (41-o‘rin),
             hukumatning onlayn xizmati (48-o‘rin) hamda sarmoyalarni jalb qi-

             lish va shakllantirish (8-o‘rin) bo‘yicha kuchli ekanligini namoyish
             eta oldi;
                4). Bozorning nafisligi (27-o‘rin): bunda indikator ozchilik inves-
             torlarni himoya qilish qulayligi (36-o‘rin), bu ham umumiy reytingda
             juda yaxshi ko‘rsatkich, deb baholandi;
                5). Fan va texnologiya natijalari (90-o‘rin): bunda ilm-fan (49-o‘rin),
             patentlar  (45-o‘rin)  va  samaradorlikning  o‘sishi  (12-o‘rin)  bo‘yicha

             ko‘rsatkichlar yuqori sanaladi;
                6). Ijodiy natijalar (127-o‘rin): bunda madaniy va ijodiy xizmatlar-
             ni eksport qilish ko‘rsatkichi (33-o‘rin) baland hisoblanadi.
                Hozirgi kunda yaqin kelajakda innovatsion rivojlanish sohasida hal
             etilishi zarur bo‘lgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda:
                birinchidan, mamlakatimizda har yili 600-700 ming aholi mehnat
             bozoriga  kirib  kelmoqda.  Shuningdek,  oliy  taʼlim  bilan  qamrov
             2016-yilga nisbatan 9 foizdan 38 foizgacha oshdi va bu ko‘rsatkich
             yaqin kelajakda 50 foizgacha yetkaziladi. Bu esa oliygohlar bitiruv-

             chilarini yuqori texnologik ish o‘rinlari bilan taʼminlashning samara-
             dor mexanizmlarini ishlab chiqishni talab etmoqda;
                ikkinchidan, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har to-
             monlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar,

                                                   22
   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28