Page 22 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 22

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          va texnologiyalar sohasida; ijodiy natijalarni rivojlantirish sohasida
          istiqbolli ko‘rsatkichlar belgilab qo‘yilgan.
            O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi-
          ning bosh maqsadi inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. Demak,
          strategiya bosh maqsadiga erishishning natijasi sifatida 2030-yilga

          kelib, O‘zbekistonning Global Innovatsion Indeks reytingi bo‘yicha
          jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi shart qilib qo‘yildi.
          Buni esa milliy iqtisodiyotning xalqaro maydondagi raqobatdoshli-
          gi  darajasi  va  innovatsion  jihatdan  taraqqiy  qilinishini  belgilovchi
          asosiy omil sifatida baholash va eʼtirof etish mumkin. Raqam lardan
          ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksiga kirish va
          undan joy olish harakatining “debyuti”dayoq 100 dan deyarli 25 da-
          rajali baho (baholash darajasi 0-100)ni olishga erishdi. O‘zbekiston
          2015-yilda 141 ta davlat orasidan 122-o‘rinni, uzoq tanaffusdan ke-

          yin, 2020-yilda 131 ta davlat orasida 29 pog‘onaga yuqorilab, 93-o‘rin
          bilan ushbu reytingga qaytgan edi. 2022-yilda O‘zbekiston mazkur
          reytingda yana 9 pog‘onaga ko‘tarilib, “innovat siyalarni joriy etish
          uchun mavjud resurslar va sharoitlar (Innovation input – kirish in-
          deksi) bo‘yicha 13 pog‘ona ko‘tarilgani – 68-o‘rin, “innovatsiyalarni
          joriy etishda erishilgan amaliy natijalar” (Innovation output – chiqish
          indeksi) bo‘yicha 27 pog‘onaga yuqorilab, 91-o‘rinda qayd etilgan.



                                                                             1.3-jadval
                     O‘zbekistonning Global Innovatsion Indeksdagi o‘rni


              Yillar       O‘rin        Innovation input         Innovation output
              2015          122                112                       127

              2020           93                 81                       118
              2021           86                 75                       100
              2022           82                 68                        91
              2023           82                 68                        91



            Manba: Innovatsion rivojlanish agentligi maʼlumotlari


                                                21
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27