Page 28 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 28
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
sohasi tubdan takomillashtirish va xodimlarning ayrim toifalari
mehnatini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasining 2020-yil 8-iyundagi “Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilot-
larini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
1.3-rasm. Ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan xarajatlarning
YIMdagi ulushi (foiz)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika
agentligi maʼlumotlari
Ilmiy tashkilotlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida O‘zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi “Dav-
lat ilmiy tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mab-
lag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish to‘g‘risida”gi
qarori qabul qilindi.
2019-yilga nisbatan ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan xarajat-
larning YIMdagi ulushi 2021-yilda 0,12 foizdan 0,16 foizgacha oshdi
(1.3-rasm).
2015-yilda har 1 million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar
27