Page 33 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 33

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Mahsulotning o‘ziga xosligi uning eksklyuzivligi bilan bog‘lanadi,
             chunki ehtiyojlarni chuqurlashtirish va qismlarga ajratish jarayoni-
             da aynan u yakka tartibdagi so‘rovlar va talablarga to‘liqroq javob
             beradi.
                O‘ziga xos, boshqalardan farqli xususiyat va tavsiflarga ega bo‘lgan

             mahsulotlar yaratish o‘z yoki jalb qilingan resurslarning tanqisligi
             bilan  bog‘liq  muhim  cheklovga  ega.  Baʼzida  yangilik,  o‘zi  juda  is-
             tiqbolli bo‘lsa-da, biroq yakuniy mahsulot sifatida ayrim korxonalar
             yoki butun diskret ishlab chiqarish uchun noprofilli bo‘lishiga qa-
             ramay, bir nechta korxona tomonidan va hattoki chetdan firmalarni
             kooperat siya asosida jalb qilgan holda muvaffaqiyatli amalga oshi-
             rilishi mumkin.
                Bu boradagi yana bir jiddiy muammo – mavjud ishlab chiqarish
             quvvatlarining ish bilan to‘liq yuklanishi, bunda rahbariyat uni raqo-

             batdosh  mahsulot  chiqarish  bilan  birgalikda  olib  borishga  harakat
             qiladi. Bitta korxona doirasida bunday vazifani ishlab chiqaruvchi-
             lar bozorining to‘yinganligi va ishlab chiqarishdagi umumiy pasayish
             tufayli bajarishning amalda imkoni yo‘q. Agarda innovatsion dastur-
             lar bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektning ishtirokini ko‘zda tutsa,
             bu boshqa gap. Tezkor buyurtmalar tizimi ishlab chiqarish quvvat-
             larining bekor turib qolish muammosini qisman bo‘lsa-da, hal etish

             imkonini beradi.


                          1.3. Fanning predmeti va obyekti, yopiq va
                                 ochiq iqtisodiyot tushunchalari
                Fanning predmeti – korxonalarda ishlab chiqarish kuchlarining,
             ishlab chiqarish aloqalari va ish yuritishda innovatsion texnologiya-
             larni yaxshilash yo‘li orqali mehnat unumdorligini oshirishdan ibo-
             ratdir.
                “Innovatsion  iqtisodiyoti”  fani  zamonaviy  fan  bo‘lib,  u  doimo

             ishlab chiqarish texnologiyalarini samaradorligini oshirishda qonun
             o‘zgarishi, sohalar, jamiyat taraqqiyotini o‘rganib sintez qilib turadi.
             Iqtisodiy qonunlar korxonalar va uning tarmoqlarida boshqarishni
             ijobiy rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

                                                   32
   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38