Page 35 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 35

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab
             chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromad-
             lar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasav-
             vur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini

             tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( yaʼni davlat ishtiroki
             mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firma-
             lar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi (1.5-rasm).
                Uy  xo‘jaliklari  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  iqti-
             sodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa
             ularni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar,

             so‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib
             beradilar. Ayni paytda “resurslar – tovarlar va xizmatlar” oqimiga qa-
             rama qarshi yo‘nalishda “daromadlar – xarajatlar”ning ham doiraviy
             oqimi amalga oshiriladi.

                Yaʼni,  uy  xo‘jaliklari  o‘zlari  yetkazib  bergan  iqtisodiy  resurslar
             evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar isteʼmol
             qilish  uchun  sarflaydilar  yoki  aksincha  korxonalar  resurslar  uchun
             sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga
             daromad oladilar.
                Resurslar hamda tovar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromad-

             lar va xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mav-
             jud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘za-
             ro teng bo‘lishi firmalarning yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi
             hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga
             teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.

                Bu  ko‘rsatkichlar  o‘rtasidagi  tenglikning  buzilishi  ishlab  chiqa-
             rishning  pasayishi,  inflyatsiya  va  ishsizlik  darajalarining  ko‘tarilib
             ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyot-
             da bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi.
                Yopiq  iqtisodiy  tizim,  yaʼni  tashqi  iqtisodiy  aloqalari  mavjud
             bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda esa barcha mam-

             lakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, yaʼni “ochiq iqti-
             sodiyot”ga ega.

                                                   34
   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40