Page 32 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 32

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            -innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga
          soluvchi qonunchilik va normativ-huquqiy asoslari shakllantirish;
            -innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta
          tayyorlash tizimlarini yaratish;
            -innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan qo‘llab-quv-

          vatlash va innovatsion loyihalarni boshqarish tizimlarini yaratish;
            -korxonalar  innovatsion  faolligini  oshirishni  taʼminlovchi,  sa-
          marali faoliyat yurituvchi, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim
          yaratish;
            -yangiliklar  kiritish  asosida  ishlab  chiqarishda  jadal  tarkibiy
          o‘zgarishlarni amalga oshirish;
            -mahsulot (tovar, xizmat) raqobatdoshligi va ishlab chiqarishning
          texnik darajasini oshirish;
            -ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika mahsulotlarini

          yanada siljitish uchun sharoitlar yaratish;
            -innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo
          kooperatsiya ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada
          foydalanish.
            Raqobat afzalliklariga erishishning uch xil usuli mavjud:
            -mahsulotning o‘ziga xosligi (yangilik bo‘yicha yetakchilik);
            -xarajatlarning eng past darajasi (narx bo‘yicha yetakchilik);

            -isteʼmolchilarning qoniqishi (savdo markasi bo‘yicha yetakchilik).
            Yangi bozorlar va yangi isteʼmol talabi shakllantiruvchi, yangiligi,
          sifati, isteʼmol xislatlari bo‘yicha ajralib turuvchi tovar va xizmatlar-
          ni  yaratish  va  ishlab  chiqarish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buni
          shu bilan izohlash mumkinki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqish va
          o‘zlashtirish muddati, qoidaga ko‘ra, xalq isteʼmoli tovarlari bilan qi-
          yoslanganda uzoqroq bo‘ladi (baʼzida – bir necha baravar), tovarlarni
          bozorga chiqarish tajribasi ham katta emas. Shunday qilib, sanoat in-
          novatsiyalari bozorda muvaffaqiyatga erishish va investitsiyalarning

          o‘zini oqlashini bashorat qilish uchun kamida 3-5 yillik zaxiraga ega
          bo‘lish zarur. Bozorga kechikib chiqish, mohiyatan, tovarning hayo-
          tiylik davrini bozorga kiritish yoki o‘sish bosqichida uzadi va inno-
          vatsiyani umumiy muvaffaqiyatsizlikka uchratadi.

                                                31
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37