Page 29 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 29
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
soni (to‘liq bandlik ekvivalenti) 407 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023
yilga kelib har 1 million aholiga 517 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri keldi
(1.4-rasm).
3G/4G texnologiyalar kesimida mobil tarmoqlar bilan qamrab
olingan aholi ulushi 2019-yildagi 70 foizdan 2021-yilda 95 foizga
ko‘tarildi.
600
500 504
407 512 517
400 411
300
200
100
0
2019
2020
2021
2022
2023
1.4-rasm. Bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar soni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika
agentligi maʼlumotlari
O‘zbekistonning innovatsiyalar sohasidagi muvaffaqiyati Ja-
hon in tel lektual mulk tashkilotining Global Innovatsion Indeksida
(GII) qayd etilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda GII
bo‘yicha mintaqaviy yetakchi hisoblanadi. 2022-yilda O‘zbekiston
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalarni baholash” (ISDR) das-
turi doirasida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan
o‘zining innovatsion tizimini baholashdan o‘tkazdi.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida raqamli iqtisodiyotni rivojlan-
tirish asosiy “drayver” sifatida belgilangan va uning hajmini kami-
da 2,5 barobarga oshirish maqsad qilingan. Raqamli infratuzilmani
28