Page 37 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 37

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             kunda, dunyo mamlakatlari barqaror rivojlanish yo‘lida harakat qilar
             ekan,  ekologik  muammolar  kun  tartibidagi  o‘z  yechimini  kutayot-
             gan dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Inson salomatli-
             gini taʼminlash, shuningdek, tabiiy resurslarning zarur zaxiralarini
             saqlab qolish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish turli davlat-

             lar iqtisodiyotini boshqarishda yangicha yondashuvlarni talab qila-
             di. Bu o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va bir so‘z bilan
             aytganda jamiyatning barcha aʼzolari tomonidan eng yangi bilim va
             texnologiya larga tayanib ish ko‘rishni talab qiladi. Bundan tashqa-
             ri, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib
             chiqqan holda ish ko‘rish korxonaning raqobatbardoshlik darajasini
             oshiradi va uning bozordagi mavqeini mustahkamlaydi.
                Innovatsion iqtisodiyot uch asosiy tashkil etuvchiga tayanadi:
                •  biznes va tadbirkorlik tuzilmalari;

                •  texnik va texnologik taraqqiyot;
                •  fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uyg‘unligiga asoslangan tizimlar.
                Innovatsiya – bu sifat jihatdan yangi mahsulotda yoki insonning
             ijtimoiy  hayotida  foydalanilishi  mumkin  bo‘lgan  innovatsion  tex-
             nologiya orqali navflilikni oshirishda ifodalanuvchi o‘ziga xos ixtiro-
             chilik faoliyati natijasidir.
                Innovatsiyalar innovatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladi, in-

             novatsion jarayon, o‘z navbatida, yangi yechimlarni ishlab chiqish,
             shuningdek, ularni amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan jarayon hisobla-
             nadi.  Ushbu  faoliyat  turi  to‘plangan  bilim  va  tajribalarni  moddiy
             mahsulot va xizmatlarda ifodalashga imkon beruvchi ilmiy, moliya-
             viy, texnologik, tashkiliy chora-tadbirlar majmuini ifodalaydi. Iqti-
             sodiy  neʼmatlarni  yaratishning  butun  bir  zanjiri  innovatsion  jara-
             yonga asoslangan. U mahsulotni yaratishdan tortib, uni sotishgacha
             bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.
                Shunday qilib, innovatsiyalar iqtisodiyoti texnologiyaga asoslan-

             gan xo‘jalik tizimini ifoda etadi. U innovatsion faoliyat, yangi bilim-
             lar va ularni jamiyat hayotiga amaliy tatbiq qilishga asoslanadi.
                Quyidagi holatlarda jamiyat iqtisodiyoti innovatsion asoslar asosi-
             da qurilgan hisoblanadi:

                                                   36
   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42