Page 38 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 38
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• mamlakatning istalgan joyida va istalgan vaqtda har qanday
shaxs, shaxslar guruhi, korxonalar avtomatlashtirilgan va telekom-
munikatsiya tizimlari asosida yangi yoki avvaldan mavjud bilimlar,
innovatsiyalar (yangi texnologiya, material, mashina, ishlab chiqa-
rishni tashkil etish va boshqarishning yangi usul va vositalari va shu
kabilar), innovatsion faoliyat, innovatsion jarayonlar to‘g‘risida ke-
rakli maʼlumotlarni olishlari mumkin bo‘lsa;
• avvalgi bandning bajarilishini taʼmin etuvchi zamonaviy axborot
texnologiyalari va kompyuterlashtirilgan tizimlar mavjud bo‘lsa va
yaratilsa, shu bilan birga ulardan har qanday shaxs, shaxslar guruhi
va tashkilotlar erkin foydalana olsa;
• ilmiy-texnik taraqqiyot va innovatsion rivojlanishni doimiy ra-
vishda jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda milliy axborot
resurslarini yaratishni taʼmin etuvchi rivojlangan infratuzilmalar
mavjud bo‘lib, jamiyat esa jamiyatning dinamik barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash borasida barcha zarur ko‘p o‘lchov li
maʼlumotlar, birinchi navbatda, ilmiy axborotlarni ishlab chiqarishga
qodir bo‘lsa;
• ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha soha va tarmoqlari-
ni jadal avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish jarayoni mavjud
bo‘lsa;
• ijtimoiy tuzilmalarda tub o‘zgarishlar amalga oshirilgani holda,
buning natijasida inson faoliyatining turli sohalarida innovatsion
faoliyat kengayishi va faollashishi kuzatilsa;
• jamiyatda yangi g‘oya, bilim va texnologiyalar xayrixohlik bilan
qabul qilinsa, jamiyat har qanday sharoitda turli xil funksional maq-
sadlardagi yangiliklarni yaratishga va amalga oshirishga tayyor bo‘lsa;
• zarur vaqt mobaynida kerakli va innovatsion faoliyatni amalga
oshira oladigan yuqori ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan
innovatsiyalarni tez va moslashuvchan ravishda joriy etishga layo-
qatli bo‘lgan rivojlangan innovatsion infratuzilma mavjud bo‘lsa;
• u universal va har qanday innovatsiyalarni yarata olish va istal-
gan sohani rivojlantirishni raqobatbardosh tarzda amalga oshira olsa;
• innovatsion va ratsionalizatorlik faoliyati sohasida professio-
37