Page 39 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 39

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             nal kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning yaxshi tash-
             kil qilingan moslashuvchan tizimi mavjud bo‘lib, mahalliy sanoat va
             hududlarni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha kompleks loyihalarni sa-
             marali amalga oshirish imkonini bersa.


                                     AMALIY TOPSHIRIQLAR



                       Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
                1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasiga taʼrif bering.
                2. Innovatsiyalarni qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
                3. Innovatsiyalarni joriy qilishda davlat roliga taʼrif bering.
                4. O‘zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyot shakllanish
             ko‘rsatkichlarini aytib bering.
                5. Innovatsion iqtisodiyot fani predmeti va obyektiga izoh bering.

                6. Ochiq va yopiq iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz?
                1-topshiriq.
                Quyidagi tushunchalar bir-biridan qanday farq qiladi: yangilik, in-
             novatsiya, kashfiyot, ixtiro, innovatsiyalar diffuziyasi. Misollar bilan
             fikringizni bayon qiling.
                2-topshiriq.
                Quyida keltirilgan misollarni o‘qib, qaysi holatlarda innovatsiyalar

             haqida so‘z borayotganligini izohlab bering:
                1. Paxtachilik institutida paxtaning yangi navi yaratildi.
                2. Yogurtni qadoqlash shakli o‘zgardi. Yorliq to‘lig‘icha yangilandi,
             yangi logotip yaratildi, tasvir ham o‘zgardi.
                3. Kompaniya strategik rejalashtirish usullaridan foydalana boshladi.
                4. Mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya uning jozibadorligini oshi-
             rish uchun mebel komplekti dizaynini o‘zgartirdi.
                5. Tamaddixonalar tarmog‘iga ega bo‘lgan kompaniya undan fran-
             shiza xarid qilishlarini taklif qildi.

                6. Kompaniya funksional tashkiliy tuzilmadan matrisali tuzilmaga
             o‘tishni afzal ko‘rdi.
                3-topshiriq.
                O‘zingizga yaxshi tanish bo‘lgan korxonaning innovatsion faoliya-

                                                   38
   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43   44