Page 46 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 46

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida so‘nggi yillar-
          da Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida
          erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, istiqbolda hududni barqaror
          rivojlantirish, hududning mavjud imkoniyatlaridan foydalangan holda
          rivojlanishning noyob ustunliklarini yaratish borasida tashabbuslar il-

          gari surildi.
            So‘nggi olti yil ichida viloyat sanoat mahsulotlari qariyb olti baro-
          barga,  3,5  trln  so‘mdan  12  trln  so‘mga  oshdi.  Hudud  iqtisodiyotining
          imkoniyatlaridan unumli foydalanish hisobiga yalpi hududiy mahsulot
          2016-yildagi 6 trln so‘mdan 2022-yilda 18 trln so‘mga yetdi. Viloyatning
          barcha tumanlarida katta-kichik sanoat loyihalarining ishga tushirilishi
          natijasida Yangiyer shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi
          10 baravar, Mirzaobod tumanida 6 baravar, chekka tumanlar sanaluv-
          chi Sardoba, Xovos tumanlarida qariyb 2 baravar o‘sdi.

            Xovos  tumanida  Turkiya  bilan  hamkorlikda  220  MVt  quvvatli  is-
          siqlik  elektr  stantsiyasi  foydalanishga  topshirilgan  bo‘lsa,  2023-yilda
          Shirin shahri va Boyovut tumanlarida 1500 MVt quvvatga ega bo‘lgan
          zamonaviy issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
            2017–2022-yillarda viloyatda 30 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlash-
          tirildi. Buning natijasida 6640 ta yangi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi,
          55 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratildi va 17 ming oila kambag‘allikdan

          chiqarildi.
            Birgina, 2022-yilning o‘zida Sirdaryo viloyatiga 250 mln dollarlik Xi-
          toy investitsiyalari jalb qilindi, bu investitsiyalar umumiy hajmining 90
          foiziga teng demakdir.
            Sirdaryoni “ishsizlikdan holi hudud” dasturi uchun 2 trln so‘m mab-
          lag‘ ajratildi. Bu mablag‘lar hisobiga 20 ming aholiga imtiyozli kredit-
          lar berildi, 5 ming nafar yoshlarga asbob-uskunalar uchun subsidiyalar
          ajratildi, 2 ming nafar hunarmand faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 1200 nafar
          yoshlar kasb-hunarga o‘qitildi, aholiga 5 ming gektar yer ajratib berili-

          shi hisobiga 10 ming nafar aholi ish bilan taʼminlandi. Aholi bandligiga
          alohida eʼtibor qaratilishi natijasida 2016-yilda 41 ming nafar aholi ish
          bilan taʼminlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 125 ming nafarga
          etishi ko‘zda tutilgan.

                                                45
   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51