Page 51 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 51
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
kuch manbai borligini yaxshi his qilaman...” (Shumpeter, 1934). Ayni
shu narsa, yaʼni “energiya manbai” bo‘lgan innovatsiyalarni u
tushuntirishni xohlagan edi.
Y. Shumpeterning fikricha, “o‘zgarishlar” innovatsiyalarning o‘ziga
xos mazmunini tashkil etsa, “o‘zgarishlarni boshqarish funksiyasi” in-
novatsion faoliyatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu innovatsiya-
lar borasida eng ko‘p tarqalgan va umumiy tusga ega bo‘lgan qarash-
dir. Shu nuqtai nazardan qaraganda innovatsiyalarni insonlar ning
turli-tuman faoliyatlarining natijadorligini oshirish maqsadida inson
faoliyatiga yangidan joriy etib boriluvchi yangi unsurlar (usullar, vosi-
talar) sifatida tushunish mumkin. Innovatsiyalarni bu xilda tushunish
amaliyoti ming yillar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan bo‘lsa-da,
innovatsiyalar nazariyasi shakllangan XIX asr oxirlari va XX asr bosh-
laridagina innovatsiyalarga ilmiy o‘rganishning maxsus predmeti si-
fatida qarala boshlandi. Taʼkidlash lozimki, “innovat siya”lar tushu-
nish murakkab bo‘lgan umumiy tushunchalar sirasiga ki radi, uning
mazmunini to‘laqonli ochib berish uchun turli usul va yondashuvlar
talab etiladi. Bir tomonda innovatsiyalarni “o‘zgarish funksiyasi” sifa-
tida qarar ekanmiz, aytish mumkinki, umumfalsafiy maʼnoda innovat-
siya – bu biror-bir jarayon yoki kompleksning holatini o‘zgartirishdir.
Shu maʼnoda, innovatsiya rivojlanishning o‘ziga xos kesimi hisobla-
nadi, deyishimiz mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda innovat siyalarni ijtimoiy
hayotning barcha jabhalarida yuz beruvchi jarayon sifatida talqin qi-
lishimiz o‘rinli hisoblanadi, zero jamiyat hayotining barcha sohalar-
ida innovatsion rivojlanish o‘ziga xos tarzda kechadi. Boshqa bir to-
mondan esa innovatsiya jarayon sifati da yakuniy natija (innovatsion
mahsulot) tushunchasi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mazkur o‘quv
qo‘llanmada biz faqatgina iqtisodiy sohada amalga oshi riluvchi inno-
vatsiyalarni tadqiq qilish bilan chegaralanamiz, xolos.
Y. Shumpeter innovatsiya atamasini ilmiy muomalaga kiritib,
uning o‘ziga xos jihatlarini yoritib bergani holda, u o‘zining “Iqtiso-
diy ri vojlanish nazariyasi” asarida o‘zgarishlarning beshta tipik ko‘ri-
nishini ajratib ko‘rsatadi:
1. Isteʼmolchi hali tanish bo‘lmagan yangi mahsulotni yoki avval-
50