Page 52 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 52
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
dan mavjud bo‘lgan mahsulot sifatining yangi darajasini joriy qilish.
2. Ilmiy kashfiyotlarga asoslanuvchi yangi ishlab chiqarish usulla-
rini yoki mahsulot,xomashyoning tijorat maqsadlarida foydalanish-
ning yangi usullarini joriy etish.
3. Bozorning avvaldan mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼiy na-
zar, muayyan mamlakatning ishlab chiqarish soha yoki tarmog‘iga
kirib borish orqali yangi bozor ochish.
4. Bunday manbalar avvaldan mavjud yoki mavjud emasligi yohud
avvaldan yaratilganligiga qaramasdan xomashyo yoki yarim tayyor
mahsulotlarning yangi manbalarini qo‘lga kiritish.
5. Biror tarmoq yoki sohada iqtisodiy faoliyatni tashkil etish usul
va vositalarini o‘zgartirish. Xususan bunday o‘zgarishlar orqali iqti-
sodiy faoliyat subyekti bozorda monopol mavqega ega bo‘lishi yoki
bozordagi o‘rnini butkul yo‘qotishi ham mumkin.
Ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni Y. Shumpeter nafaqat
ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyalarni sifat jihatdan o‘zgar-
tirish bilan, balki tadbirkorning ongli faoliyati natijasi hisoblanuv-
chi ishlab chiqarishni tashkil etish usullarining o‘zgartirilishi bilan
ham bog‘laydi. Uning fikricha, innovatsiya – bu tadbirkor tomonidan
amalga oshiriluvchi ishlab chiqarish omillari va shart-sharoitlarining
yangicha birikmasidir. Xalqaro standartlarga muvofiq innovatsiya in-
novatsion faoliyatning natijasi hisoblanadi va innovatsion faoliyat
natijalarining quyidagi ko‘rinishlaridan biri sifatida talqin etiladi:
• bozorga olib chiqilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot
yohud xizmatlar;
• yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon;
• amalda foydalanilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etishning
yangi usullari.
Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda inno-
vatsiyalarni quyidagicha tartiblashtirish mumkin:
• innovatsiya-mahsulotlar (yangi mahsulotlar va xizmatlar);
• innovatsion jarayonlar (mikro darajada – ishlab chiqarishni tash-
kil etishning yangicha usullari va yangi texnologik jarayonlar; makro
darajada – bozorlar tuzilmasini o‘zgartirish va yangi bozorlar yaratish).
51