Page 53 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 53

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Shunday  qilib,  iqtisodiy  faoliyat  natijasi  hisoblanuvchi  innovat-
             sion mahsulotlar va innovatsion jarayonlar o‘rganishi obyekti hi-
             soblanadi.  Jahon  tajribasi  barcha  sohalarda  sifatli  o‘sishni  taʼmin-
             lovchi  yangiliklarni  uzluksiz  tarzda  amaliyotga  joriy  etish  jamiyat
             va  iqtisodiy  rivojlanishning  harakatlantiruvchi  kuchiga  aylangan-
             ligini ko‘rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari

             va  “aqlli”  texnologiyalar  amalga  oshirilayotgan  mamlakatlar  eng
             muvaffaqiyatli  va  barqaror  hisoblanadi.  Bunday  mamlakatlarning
             barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshli-
             gi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydala-
             nishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslana-
             di. Ushbu mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va tex-
             nologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi shart-
             li ravishda “kelajak vazirliklari”, deb nomlanuvchi maxsus idoralar
             tomonidan amalga oshiriladi. Innovatsion rivojlanish uchun masʼul
             idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy
             etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va jahon bozorlarida-

             gi raqobatbardoshligini taʼminlash hamda iqtisodiyotda intellektual
             ulushning ko‘payishi hisoblanadi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi-
             da fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi
             yo‘nalishlar bilan boyitish, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan
             yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh
             – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish, yosh tadqiqotchilarning
             ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash,
             barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy
             tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kabi

             maqsadlar belgilab berilgan .
                                             8
                Boshqacha  qilib  aytganda,  biz  O‘zbekistonni  ishlab  chiqarishda
             innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror
             bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh
             sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga
             ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. Qo‘yil-
             gan maqsadlarga O‘zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeli-

             8  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risi-
             da”gi PF-158-sonli Farmoni.
                                                   52
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58