Page 55 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 55

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                birinchidan,  oliy taʼlim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tad-
             qiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish
             ko‘rsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
                ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar
             va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik

             kompleks dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik
             subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
                uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga,
             jumladan,  ularning  manfaatdorligi  pastligi  sababli  yetarli  darajada
             jalb qilinmasligi;
                to‘rtinchidan, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni
             taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish
             bo‘yicha taʼsirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
                beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish

             sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining
             qoniqarsizligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
                Innovatsion faollik yoki innovatsiyalarni baholash ikki asosiy da-
             raja: korxona va davlat darajasida amalga oshadi. Korxona darajasida
             innovatsion faollikni baholash jarayonga tashqi konsultantlarni jalb
             qilish, hisobotlar tuzish, seminarlar o‘tkazish yoki ichki benchmar-
             keting (yaʼni o‘zini mavjud etalon bilan solishtirish) orqali amalga

             oshirilishi mumkin. Korporativ baholashlarda korxona faoliyatining
             moliyaviy ko‘rsatkichlari, innovatsion jarayonlarning samaradorligi,
             xodimlarni  rag‘batlantirish  holati  va ulardan kutilayotgan  qaytim
             va  shuningdek,  isteʼmolchilar  uchun  yaratilgan  qo‘shimcha  nafli-
             likni baholashga tegishli bo‘lgan innovatsion faoliyatning bir qator
             jihatlarini  qamrab  oluvchi  o‘zaro  muvozanatlashgan  ko‘rsatkichlar
             tizimidan  foydalaniladi.  Iqtisodiy  rivojlanish  va  hamkorlik  tashki-
             loti tomonidan yaratilgan “Oslo qo‘llanmasi” (1992) mahsulotlar va
             innovatsion  jarayonlarni  baholash  uchun  standart  usullarni  taklif

             etadi. Ko‘pincha “Oslo qo‘llanmasi” ilmiy-tadqiqotlar va ishlanma-
             lar bo‘yicha statistik maʼlumotlarni yig‘ish uslubiyatining asoslarini
             belgilab beruvchi “Fraskati qo‘llanmasi” (1963)ni to‘ldiruvchi hujjat
             ekanligi haqida fikrlarni uchratib qolamiz.

                                                   54
   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60