Page 64 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 64
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Chorvachilik va dehqonchilik madaniyatining insonlar tomonidan
to‘la-to‘kis egallanishi, yozuvning paydo bo‘lishi, o‘qotar qurollar-
ning yaratilishi, davlatchilikning qaror topishi, globallashuvning
keng quloch yoyishi va shu kabilarni davriy (epoxal) innovatsiyalar-
ga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Aynan davriy innovatsiyalar
va ularning salohiyatlarini namoyon qiluvchi bazisli innovatsiyalar
to‘lqini jamiyat transformatsiyasining tarixiy burilish jarayonlari-
ning asosida yotadi. Innovatsiyalarni uch guruh – bazisli, yaxshilov-
chi va psevdoinnovatsiyalarga bo‘lgan holda nemis olimi G. Mensh
innovatsiyalar nazariyasining rivojiga katta hissa qo‘shadi.
Bazisli innovatsiyalar – bu ilgari mavjud bo‘lmagan isteʼmol xu-
susiyatlari va jihatlariga yoki ishlab chiqarish unumdorligi yohud
narxi bo‘yicha sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot, jarayon yoki
xizmatlardir. Bazisli innovatsiyalarni baʼzan radikal innovatsiyalar
ham deb atashadi. Mazkur radikal innovatsiyalar jarayon, mahsulot
yoki xizmatlarda sezilarli darajadagi o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi
natijasida mavjud tarmoq yoki bozorlarning transformatsiyasi yuz
beradi yoki yangi tarmoq va sohalar yaratiladi. Masalan, Internet tar-
mog‘ining rivojlanishi bugungi kunda elektron tijoratning keng qu-
loch yozishiga olib keldi. Bazisli innovatsiyalar to‘lqini keyingi yuz
yilliklar ichida N.D. Kondratyev sikli va siyosiy va ijtimoiy-madaniy
tuzum, ishlab chiqarishni texnik va iqtisodiy jihatdan tashkil etish-
ning jahon sivilizatsiyasida ustun bo‘lgan holatlariga bog‘liq holda
deyarli har yarim asrda kuzatilmoqda. [4].
Yaxshilovchi innovatsiyalar – bazisli innovatsiyalarni rivojlan-
tirish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ko‘p sonli bo‘lsa-da,
ammo yangilik darajasining sezilarli darajada kamligi va qisqa hayo-
tiylik sikli bilan farqlanib turadi. Yaxshilovchi innovatsiyalar sezi-
larsiz va inqilobiy bo‘lmagan o‘zgarishlarni o‘zida ifoda etgani holda
avvaldan mavjud bo‘lgan bilimlar, mahsulotlar va texnologiyalar bi-
lan ish ko‘radi. G. Mensh fikriga ko‘ra, bozor iqtisodiyotida hamisha
afzallik yaxshilovchi innovatsiyalarga beriladi, chunki ularning xatar-
lilik darajasi past va ayni chog‘da arzon hamdir. Aynan, yaxshilovchi
innovatsiyalarni amalga oshirish orqali jamiyat hayotining turli so-
63