Page 63 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 63
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
texnologik yoki iqtisodiy usullarning paydo qiluvchi tub burilishlar-
ni izohlash maqsadida Nobel mukofoti sovrindori Saymon Kuznets
1971-yilda ilmiy muomalaga “epoxal (davriy) innovatsiyalar” tushun-
chasini kiritdi. Uning fikricha, butun iqtisodiy rivojlanish tarixini
“o‘ziga xos iqtisodiy o‘sish tavsifiga ega bo‘lgan davriy yangiliklar bi-
lan belgilanuvchi iqtisodiy davrlarga bo‘lish mumkin”.
2.1-jadval
Innovatsiyalarni tasniflash
№ Mezonlar Innovatsiya turlari
- epoxal (davriy)
- bazisli
1 Yangilik darajasi
- yaxshilovchi (qo‘llab-quvvatlovchi)
- Psevdoinnovatsiyalar
Bozorga taʼsiri -qo‘poruvchi
2
(qo‘porish darajasi) -qo‘pormaydigan
Texnik o‘lchamlari - mahsuldor
3
tipiga ko‘ra - jarayonli
-dunyo biznes sohalari uchun yangi bo‘lgan
4 Tarqalish sohasi -mamlakat biznes sohalari uchun yangi bo‘lgan
-mazkur korxonaning o‘zi uchun yangi bo‘lgan
-o‘rnini bosuvchi
5 Maqbullik -inkor qiluvchi
-kengaytiruvchi
Qamrab olish -lokal
6 -tizimli
-strategik
Bozorga chiqish vaqti -innovatsiya – liderlar
7
Innovatsiya – izdoshlar
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Joʼrayev, A.N. Erkayev A.N. Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Davriylik tavsifiga ega bo‘lgan bunday yangiliklar sirasiga XVIII
asr ning oxirlarida ro‘y bergan sanoat inqilobini va texnika-texnolo-
giyaning rivojiga har qachongidan ko‘ra katta turtki bergan iqtisodiy
o‘sishning yangi manbai – zamonaviy fanning keng taraqqiy etishini
kiritishimiz mumkin.
62