Page 66 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 66
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
- Olinayotgan yalpi foydaning pastligi;
- Bir muncha tor bozor segmentlari;
- Mavjud texnik va texnologik yechimlar, avvalgi mahsulot va xiz-
matlarga nisbatan bir muncha sodda bo‘lgan mahsulot va xizmatlar
bilan tavsiflanadi.
2.2-jadval.
Qo‘poruvchi innovatsiyalarga misollar
Qo‘poruvchi innovatsiyalar “Portlatilgan” bozorlar
Minikompyuter Meynfreym (EHM)
Printer Yozuv mashinkasi
Raqamli fotografiya Kimyoviy fotografiya
Paroxod Yelkanli kema
Uyali telefon Peydjer
GPS-navigator Xaritalar
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion iqti-
sodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Qo‘poruvchi innovatsiyalarning bir ko‘rinishda unchalik ham o‘zi-
ga jalb qilmasligi, mavjud korxonalarning ushbu bozor segmentlari-
ga kirib borishga undamaydi, bu esa asta-sekinlik bilan qo‘poruvchi
innovatsiyalarning bozorda mustahkam o‘rin egallashlariga zamin
yaratib beradi. Qo‘poruvchi innovatsiyalar bozordagi qarashlar va
qad riyatlarni ham o‘zgarishiga olib keladi. Qo‘poruvchi texnologiya-
lar va ular tomonidan “portlatilgan” bozorlarga quyidagilarni misol
qilib keltirishimiz mumkin:
Texnologik o‘lchamlardan kelib chiqqan holda innovatsiyalarning
mahsuldor va jarayonli innovatsiyalarga bo‘linishi innovatsiyalar-
ning muhim jihati bo‘lib hisoblanadi. Mahsuldor innovatsiyalar tex-
nologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni joriy
etishni o‘z ichiga oladi. Texnologik jihatdan yangi mahsulot (radikal
mahsuldor innovatsiya) – bu texnologik tavsiflari (funksional xususiyat-
65