Page 82 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 82

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            2. Tovarlilik;
            3. Bozorda talabning mavjudligi;
            4. Samaradorlik;
            5. Fan sig‘imkorlik.
            Mezonlardan foydalangan holda iqtisodiy o‘sishni taʼmin etuvchi

          innovatsiyalarni bozor tomonidan talab qilinuvchi, intellektual mulk
          sifatida himoyalangan yoki ijobiy taʼsirga yo‘naltirilgan yangi yuqori
          texnologiyali  tovar  mahsulotlarida  ifodalanuvchi  uzluksiz  davom
          etuvchi innovatsion jarayonning yakuniy natijasi sifatida tushunti-
          rishimiz mumkin.


                                 AMALIY TOPSHIRIQLAR


                    Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:

             1. “Innovatsiya” tushunchasiga qanday taʼrif bergan bo‘lar edingiz.
             2. Y. Shumpeter tomonidan ajratib ko‘rsatilgan “beshta tipik o‘zga-
          rishlarni” izohlang.
            3.  Innovatsiya-mahsulotlar  va  innovatsion-jarayonlar  o‘rtasidagi
          asosiy tafovut nimada ko‘rinadi?
            4.  Innovatsiyalarga xos bo‘lgan asosiy jihatlarni tushuntirib o‘ting.
            5.  Yangiliklarning  innovatsiyalarga  aylanish  jarayonidagi  asosiy

          bosqichlarni sharhlang.
            6. Y. Shumpeter tomonidan farqlab ko‘rsatilgan ikki turdagi tadbir-
          korlarning bir-biridan farqli jihatlarini ko‘rsating.
            7.  Innovatsiyalarning asosiy tasniflanishini tushuntiring.
            8.  Davriy  innovatsiyalarning  mohiyatini  misollar  yordamida  ochib
          bering.
            9.  Qo‘poruvchi  innovatsiyalarning  asosiy  xususiyatlari  nimalardan
          iborat. Qo‘porilgan bozorlarga misollar keltiring.
            10. Oltita texnologik ukladni tavsiflang. Hozirda O‘zbekiston iqtisodi-

          yoti uchun qaysi texnologik uklad xos, deb o‘ylaysiz?







                                                81
   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86   87