Page 86 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 86
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Keys. CRM (Customer Relationship Management) – tizimini
joriy qilish
“Baqqol non” MChJ – hududda un mahsulotlari ishlab chiqaruv-
chi va yetkazib beruvchi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.
Amalda korxona xolding hisoblanadi, uning boshqa hududlarda ham
korxonalari faoliyat ko‘rsatadi.
Korxonada Rossiyaning BMicro kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan mijozlar bilan ishni tashkil qilishning avtomatlashtirilgan
tizimi joriy qilingan. Ushbu tizimni tanlashda korxona uni kelgusida
ishlab chiqarish ehtiyojlari va mijozlarning talablaridan kelib chiqib
o‘zgartirishlar kiritish mumkinligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Bugungi kunda quyidagi vazifalar hal qilindi:
– tezkor CRM, shu jumladan mijozlar bilan ishlash, buyurtmalarni
qabul qilish va qayta ishlash, yuklarni hisobga olish, to‘lovlarni qabul
qilish;
– shartnomalarni ro‘yxatga olish; korxonalarning bir-birlariga
daʼvolari bilan ishlash; dilerlar bilan ishlashni tashkil qilish;
– un tegirmonlari, yaʼni korxonaning bo‘linmalari, ichki taʼmi-
notchilari bilan ishlash.
Un kombinati yakuniy isteʼmolchi darajasida quyidagi ishlar tash-
kil qilingan:
– tushum va to‘lovlar jadvalini shakllantirish;
– marketing tadqiqotlari.
Savollar
1. Ushbu holatda CRM-tizimini joriy qilinganligi innovatsiya hisobla-
nadimi?
2. Mazkur misoldagi vaziyatni innovatsiyalarni qaysi turiga mansub
deb hisoblash mumkin.
85