Page 93 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 93

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             ishlab  chiqaruvchilar  bilan  bir  qatorda,  ishlab  chiqaruvchilar  va
             isteʼmolchilar o‘rtasida ham taqsimlanadi.
                Innovatsion jarayonning uchta:
                • oddiy tashkilot ichida (natural);
                • oddiy tashkilotlararo (tovarli);

                • kengaytirilgan shakllari farqlanadi.
                Oddiy innovatsion jarayon bitta tashkilotning ichida innovatsiya-
             larning yaratilishi va ulardan foydalanishni o‘z ichiga oladi, mazkur
             holatda innovatsiya bevosita tovar shaklini olmaydi.



                                                         Yangi
                Yangilik            Yangi             mahsulotni            Innovatsiya
               Novatsiya          mahsulot            o‘zlashtirish             (yangi
                                                                             mahsulotni
              Yangi g‘oya         (prototip)           va ishlab          sotish, tarqatish)
                                                       chiqarish






                   1- faza. Yangi mahsulotni               2- Faza. Yangi mahsulotni
                    (mahsulot prototipini)              tijoratlashtirish (ishlab chiqarish
                       yaratish jarayoni                      va tarqatish) jarayoni






                                           Innovatsion jarayon


                            3.1-rasm. Innovatsion jarayon fazalari (bosqichlari)
                Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
             iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.



                Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda yangilik (innovatsiya)
             oldi-sotdi obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Innovatsionda jarayon-
             ning ushbu shakli innovatsiya yaratuvchisi va ishlab chiqaruvchisi-
             ning funksiyasini isteʼmolchi funksiyasidan alohida ajralib turishini
             anglatadi.  Bu  o‘rinda  tayyorlovchi  –  korxona  ilmiy-tadqiqot
             institutidan patent sotib olishini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

                                                   92
   88   89   90   91   92   93   94   95   96   97   98