Page 98 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 98
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
lanadi. Ushbu holat, innovatsion jarayonlarning sababini tushuntirib
beruvchi – “bozor talabining bosimi” ruhiga yo‘g‘rilgan innovatsion
jarayon modelini ifoda etuvchi ikkinchi farazning qay darajada
ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi (4-rasm).
Bozor Ishlab
ehtiyoji Yaratish chiqarish Sotish
3.4-rasm. Bozor bosimi modeli – Market pull
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Ushbu faraz iqtisodiyot innovatsion salohiyatining o‘sishini bozor
talablari bilan bog‘laydi. Bu o‘rinda milliy va jahon iqtisodiyotining
iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan bozorning
maʼlum bir ehtiyoj va talablari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Milliy
va jahon xo‘jaligi miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar sirasiga
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga bo‘lgan ehtiyojlarni, raqobat
kurashining avj olishi va buning natijasida “bozorda o‘z ulushiga
ega bo‘lish uchun boks”ning kuchayishi, marketingga katta qiziqish
uyg‘onishi, yangi mahsulotni bozorga chiqarish uchun sarflanadigan
vaqtni qisqartirish zaruriyati kabilarni kiritishimiz mumkin. Shu
tariqa, talabning ortishi ishlab chiqarish hajmini keskin ko‘paytirishni
talab etgan hollarda, innovatsiyalar ishlab chiqarishga faol joriy
etila boshlaydi. Ikkinchi farazga muvofiq, iqtisodiy shart-sharoitlar,
birinchi navbatda, bozor omillari innovatsion faoliyatni amalga oshi-
rishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Bunda innovatsiyalar bilan
bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy samarani hamisha ham yangilik yaratgan
subyektlar emas, balki uni amalda qo‘llagan yoki unga nisbatan mulk
huquqi mavjud bo‘lganlar olishlari mumkinligini ham esdan chiqar-
masligimiz lozim. Asta-sekinlik bilan kompaniyada o‘zaro taʼsirlashuv
jarayonlarining ikki muhim ko‘rinishi, yaʼni bir tomondan texnologik
imkoniyatlar, boshqa bir tomondan esa bozor ehtiyojlari ni ifo da
etuvchi texnologiyalarning turtkisi va bozor bosimi strategiyalari
97