Page 101 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 101
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
taraqqiyot ning umumiy qonuniyatlarini bilishlari kifoya qilmaydi,
ular texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish, intellektual mulkdan
foydalanish va uning manfaatlarini himoya qilish, innovatsion
loyihalarni boshqarish, biznesni rejalashtirish, bashoratlash, yangi
mahsulot va texnologiyalarning tijoriy qiymatini baholash kabi
masalalar borasida ham yetarlicha aniq bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlari lozim. Kompaniyalarda innovatsion jarayon modellarini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, hayotiylik siklining turli bosqichlari uchun
samarali biznes modellarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Shunday qilib, bugungi kunda taraqqiyotning “moslashuv-
chanligi” va “tezligi”ni kafolatlash maqsadida “tizimli integratsiya-
lashuv va tarmoqlar yaratish”ga alohida urg‘u beriladi. Biznes ja-
rayon lar korxonani boshqarish jarayonida axborot tizimlaridan tobora
keng foydalanilayotganligi asnosida elektron shakl-shamoyilga
o‘tib bormoqda. Tashqi muhitda asosiy eʼtibor “biznes ekotizimlari”
ga qaratiladi. Birgalikda marketing tadqiqotlari va ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish borasida strategik
hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi asnosida ochiq innovatsiyalar
paradigmasiga o‘tib borish yaqqol ko‘zga tashlanadi.
3.3. Innovatsion jarayonlar va zamonaviy
biznes-modellar
Ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bugungi
kunda kompaniyalar yangi g‘oyalarni taklif etadigan va bozorga
chiqishni taʼmin etadigan, bir so‘z bilan aytganda, sanoat sohasidagi
yangi bilimlarni tijoratlashtirish bosqichiga olib chiqishga qaratilgan
fundamental o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Asosan chiziqli
modelga asoslangan dastlabki yondashuv kompaniyalar o‘z g‘oyalarini
o‘zlari rivojlantirishlari va takomiliga yetkazishlari, so‘ngra uning
asosida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishlari, bozorda mahsulotni
keng tarqatish bilan shug‘ullanishlari, shundan so‘ng sotishdan
keyingi xizmatlar ko‘rsatish kabi barcha-barcha jarayonlarni birgina
o‘zlari amalga oshirishlari kerakligini ko‘zda tutadi.
Katta imkoniyatga ega, ilmiy-tadqiqot bazasi kuchli va uzoq
100