Page 106 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 106

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          larni bozorga yangi mahsulot yoki xizmat sifatida olib chiqish mexa-
          nizmi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
            • avvaldan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning mutaxassisla-
          ridan tashkil topgan yangi kompaniyalar;
            • litsenziyalash;

            • xodimlarni jalb qilish;
            • yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda ustuvor texnologiyalarni
          birgalikda ishlab chiqish va rivojlantirish.
            Bundan  tashqari,  dastlab  firmalarning  tadqiqot  markazlari
          tashqarisida paydo bo‘ladigan va keyinchalik kompaniya ichkarisida
          qabul  qilinadigan  va  foydalaniladigan  va  buning  natijasida
          kompaniyaning  chegaralari  tobora  shaffoflashib  boradigan  teskari
          jarayon ham mavjud. Quyidagi jadvalda G. Chesbro tomonidan yopiq
          va ochiq innovatsiyalar tamoyillarining o‘zaro taqqoslanishi keltirib

          o‘tilgan.
            Yopiq innovatsiyalarga ega bo‘lgan kompaniyalarning asosiy
          jihatlari:
            • g‘oyalarning asosiy qismi kompaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan
          g‘oyalar;
            • xodimlar mobillik darajasining pastligi;
            • venchur kapitali miqdorining kichikligi;

            • yangi kompaniyalarning ozchiligi va ularning zaifligi;
            •  mazkur  kompaniyalarda  asosiy  ilm  tashuvchi  bo‘lgan
          universitetlar o‘rnining ahamiyatsiz darajada ekanligi.
            “Ochiq      innovatsiyalar”ga       ega     kompaniyalarning         asosiy
          xususiyatlari quyidagilardan iborat:
            • kompaniya faoliyatida tashqi g‘oyalardan keng foydalanilishi;
            • xodimlar mobillik darajasining yuqoriligi;
            • innovatsion jarayonlarda venchur kapitalining faol ishtiroki;
            • yangi kompaniyalar sonining ko‘pligi;

            • universitetlar bilan yaqindan hamkorlik qilish.
            Biotexnologiya, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash xizmatlari, komp yu-
          ter ishlab chiqarish, dasturiy taʼminot, kommunikatsiyalar, bank va
          sug‘urta xizmatlari singari sohalardagi ko‘plab kompaniyalar bugungi

                                               105
   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110   111