Page 109 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 109

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
                Umumiy  holatda  innovatsion  jarayonni  quyidagicha  ketma-
             ketlikda tasavvur qilish o‘rinli hisoblanadi:
                Fundamental tadqiqotlar → Amaliy tadqiqotlar → Ishlanmalar
             →  Loyihalash  →  Qurish  →  O‘zlashtirish  →  Sanoat  ishlab
             chiqarishi → Marketing → Sotish.

                Innovatsion  jarayonning  har  bir  bosqichi  nisbatan  mustaqil
             bo‘lgani holda, muayyan bir qonuniyatlar asosida rivojlanadi va
             o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi.
                Innovatsion  jarayonning  boshlang‘ich  bosqichi  fundamental
             tadqiqotlardan tashkil topgani holda, fundamental tadqiqotlarning
             o‘zi ham nazariy va izlanuvchanlik tadqiqotlariga bo‘linadi. Izlanish
             bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar buyum va texnologiyalarni
             yaratishning  yangi  tamoyillari,  yangi  materiallar  va  analiz  va

             sintezning  noyob  usullarini  kashf  qilishdek  muhim  vazifalarni
             bajarishni ko‘zda tutadi.
                Tabiiyki,  fundamental  (nazariy)  tadqiqotlar  ilmiy  faoliyat  bilan
             bog‘liq faoliyat hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, innovatsion jarayon-
             ning har bir sikli fundamental tadqiqotlar bilan bog‘liq ilmiy faoliyat-
             ni amalga oshirishni talab etadi. Ilmiy ish – yangi, isbotlangan maʼ-
             lumot va axborotlarni olish va ularni qayta ishlashga yo‘naltirilgan

             tadqiqotchilik  faoliyatidir.  Har  qanday  ilmiy  ish  yangiligi,  o‘ziga
             xosligi va isbot talab qilmaydigan dalillarga boyligi bilan ajralib tu-
             rishi lozim. Shunisi eʼtiborga loyiqki, yangi maʼlumot va axborotlar
             miqdori va ko‘lami amaliy tadqiqotlarga o‘tish jarayonida kamayib
             boradi.  Bunda  tadqiqotchilik  faoliyati  ko‘proq  tajriba,  ko‘nikma  va
             jarayonni tashkil qilishning standart usullari bilan o‘rin almashadi.
             Fundamental tadqiqotlarni yakuniy natija nuqtai nazaridan tahlil
             qilar ekanmiz, nazariy sohada yangi, o‘ziga xos va dalillarga boy
             maʼlumot va axborotlarni olishga yo‘naltirilgan tadqiqot faoliyatini

             ajratib ko‘rsatish muhim o‘rin tutadi.
                Fundamental  tadqiqotlar  muayyan  bir  aniq  amaliy  masalalarni
             yechish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa-da, biroq, aynan u innovatsion
             jarayonning asosini tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, nazariy

                                                  108
   104   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114