Page 110 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 110

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          tadqiqotlarning zaruriyati muayyan bir predmet borasidagi mavjud
          bilimlarni sintez qilish orqali amaliyotni takomillashtirish bilan
          izohlanadi. Baʼzi bir fundamental tadqiqotlargina amaliy tadqiqotlar,
          ishlanmalar,  loyihalashda  o‘z  amaliy  ifodasini  topadi.  Amaliyot
          ko‘rsatishicha, qariyb 90 foiz fundamental tadqiqotlar salbiy natija

          ko‘rsatadi,  qolgan  10  foiz  ijobiy  natija  qayd  etgan  tadqiqotlarning
          hammasi  ham  amaliyotga  joriy  qilinavermaydi.  Fundamental
          tadqiqotlarning asosiy maqsadi  jarayonni anglash va u haqdagi
          bilimlarni rivojlantirish hisoblanadi.
            Fundamental  tadqiqotlardan  farqli  ravishda,  amaliy  tadqiqotlar
          boshqa maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi. Bu eng avvalo, to‘plangan
          va yaratilgan bilimlarni “moddiylashtirish”, ularni ishlab chiqarishga
          joriy etish, yangi mahsulot, texnologik sxema va shu kabilarni ishlab
          chiqarish  va  keng  yoyishda  o‘z  aksini  topadi.  Amaliy  tadqiqotlar

          davlat budjeti mablag‘lari bilan bir qatorda, yirik buyurtmachilar (yi-
          rik kompaniyalar, korporatsiyalar, venchur fondlari) tomonidan ham
          moliyalashtiriladi.
            Ishlanmalar natijasida yangi mashina, asbob-uskunalarning kons-
          truksiyalari yaratiladi va jarayon asta-sekinlik bilan loyihalash, qu-
          rish,  o‘zlashtirish,  sanoat  ishlab  chiqarishi  bosqichlariga  o‘tadi.
          Marketing  va  sotish  fazalari  innovatsion  jarayonning  natijalarini

          tijoratlashtirish bilan bevosita bog‘liq sanaladi.
            Yangiliklarni  ishlab  chiqarishga  joriy  qilishdan  tortib,  yangi
          mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqishgacha bo‘lgan jarayon
          murakkab va serxarajat jarayon hisoblanadi.
            Innovatsion jarayon ilmiy-texnikaviy izlanishlar olib borish asnosida
          ularning natijalarini yangi mahsulot yoki yangi texnologik ja rayon
          ko‘rinishida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Innovatsion jarayon
          davomida yangilikning asosi hisoblanuvchi g‘oya muayyan bir aniq
          mahsulot, texnologiya yoki xizmatga aylanadi va xo‘jalik ama liyotida

          keng qo‘llanila boshlaydi Innovatsion jarayon  – bu innovatsiyalar
          bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, yangi mahsulotlar va operatsiyalarni
          ishlab chiqish, ularni bozorga chiqarish va jarayon natijalar ni keng
          yoyish  bo‘yicha  harakatlar  ketma-ketligidir.  Innovatsion  ja rayon

                                               109
   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115