Page 112 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 112

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            •  oddiy  (xo‘jalik  ichida),  bunda  innovatsiyalarni  yaratish  va
          uni isteʼmol qilish ayni bir tashkilot ichida amalga oshadi, yangilik
          mahsulot ko‘rinishini olmaydi;
            •  oddiy  (xo‘jaliklararo)  yoki  tovarli  –  innovatsiya  oldi-
          sotdi  predmetiga  aylanadi,  innovatsiyalarni  yaratuvchi  va  ishlab

          chiqaruvchi funksiyasi isteʼmolchi funksiyasidan alohidalashadi;
            •  kengaytirilgan – innovatsiyalarni yangi ishlab chiqaruvchilar
          paydo bo‘ladi.
            Innovatsiyalarning tarqalishi  – bu yangilikning o‘zi emas, balki
          u  haqdagi  maʼlumotlar  tarqaluvchi  axborot  bosqichi,  bu  axborot
          tizimining  kuchi  va  tadbirkorlik  subyektlarining  innovatsiyalar
          to‘g‘risidagi  maʼlumotlarni  qabul  qila  olish  qobiliyatiga  bog‘liq
          bo‘lgan axborot jarayonidir.
            Innovatsiyalarni       biznes    amaliyotiga      joriy    etishda    qaysi

          omillar innovatsion jarayonni sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi
          mumkinligini bilish juda muhim o‘rin tutadi.


                                 AMALIY TOPSHIRIQLAR


                    Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
            1.  Innovatsion  jarayonning  mohiyati.  Innovatsion  jarayonning  ikki

          asosiy bosqichini tavsiflab bering.
            2. Innovatsion jarayonning uch ko‘rinishi va ularning asosiy farqlari.
            3. Diffuziya (tarqalish)ning mohiyatini tushuntiring.
            4. Innovatsion jarayon modelining “texnologik turtki” gipotezasining
          mohiyati, uning asosiy xususiyatlari.
            5.  Innovatsion  jarayonning  “bozor  talabi  bosimi”  modelining
          gipotezasining mohiyati, uning farqlovchi jihatlari.
            6.  Innovatsion  jarayonning  “interaktiv  modeli”  gipotezasining
          mohiyati, uning xususiyatlari.

            7. “Ochiq innovatsiyalar” modelini shakllantirishning asosiy shartlari
          va tamoyillari.





                                               111
   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116   117