Page 113 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 113

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                1-topshiriq.
                Osiyo  taraqqiyot  banki  (OTB)  tomonidan  olib  borilgan  yangi
             tadqiqotga  ko‘ra,  sunʼiy  intellekt  va  boshqa  ilg‘or  texnologiyalarni
             joriy etish 2025 yilga borib, O‘zbekistonda qurilish va to‘qimachilik
             sanoatida 430 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini

             beradi.
                To‘rtinchi  sanoat  inqilobi  (4IR)  texnologiyalaridan  foydalanish
             O‘zbekistonda        to‘qimachilik      va     kiyim-kechak        sanoatida
             foydalanilmagan  o‘sish  salohiyatiga  ega  bo‘lgan  100000  yangi  ish
             o‘rini, shu ningdek, qurilish sohasida 334000 ish o‘rini yaratadi, bu
             ikki soha 2025 yilga kelib respublikadagi eng yirik ish beruvchilarga
             aylanadi.
                Biroq, OTB mutaxassislari O‘zbekiston bu borada innovatsiyalarni
             rag‘batlantirish siyosatini amalga oshirishi lozimligini taʼkidlashadi.

             Sizningcha,  O‘zbekistonda  innovatsion  faollikni  rag‘batlantirish
             uchun qanday choralar ko‘rish lozim?
                2-topshiriq.
                BMT ekspertlarining fikricha, mobil to‘lov yechimlarini muvaffa-
             qiyatli joriy qilish naqd pul muomalasi ustun bo‘lgan mamlakatlarga
             nisbatan,  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keluvchi  YMMning  bir  foizga
             tezroq o‘sishiga xizmat qiladi. Mobil to‘lov xizmatlarining

             rivojlanishi kambag‘allikni kamida 2,6 foizga kamaytirishi mumkin.
             BCG  kompaniyasi  tahlilchilarining  fikriga  ko‘ra,  agar  mamlakat
             naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tsa, bu o‘z navbatida rivojlanayotgan
             mamlakatlarda YIMning uch foizga o‘sishiga xizmat qiladi.
                Sizningcha,  O‘zbekistonda  bank  xizmatlarini  takomillashtirish,
             raqamli  platformalarni  joriy  etish  istiqbollari  qanday?  Fikringizni
             misollar bilan tushuntiring.














                                                  112
   108   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118