Page 114 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 114

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                    Keys. Organik sabzi poliesterdan tayyorlangan
                                        kiyimga qarshi
            “...  Mahalliy  dehqon  bozorini  aylanar  ekanman,  organik  sabzi,
          biodinamik sharob borasida tortishayotganlarning aksariyati neylon,

          akril va poliester haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar, insonlar ning asosiy
          kiyim-kechagi mana shu uch materialdan bo‘lgani holda, ular atrof-
          muhitni  ifloslantirish  borasida  yetakchi  hisoblanadilar.  Modaning
          atrof-muhitga zararli taʼsiri hech birimiz uchun yangilik bo‘lmasligi
          lozim.  Biroq  kiyim-kechak  hammamiz  bog‘liq  bo‘lgan  tuproqqa
          qanday taʼsir qilishi barchaga birdek maʼlum emas.
            Tuproq  mo‘jizadir.  Uning  tarkibidagi  uglerod  atmosferadagiga

          qaraganda uch baravar, barcha tirik o‘simliklar va hayvonlardagidan
          to‘rt baravar ko‘p. Har yili dunyoda qazilma yoqilg‘i chiqindilarining
          taxminan 25 foizi tuproqqa ko‘miladi.
            Biroq tuproqqa sanoat usulida ishlov berish asnosida tuproqdan
          ajralayotgan uglerodni qayta tiklash jarayoni izdan chiqadi. Yerdagi

          o‘simlik hayotini qo‘llab-quvvatlaydigan  yerlarning deyarli yarmi
          haydaladigan yerlarga, yaylovlarga aylantirilganligi sababli, tuproq-
          lar amalda o‘z tarkibidagi uglerodning 50-70 foizini yo‘qotdi. Bu esa
          sayyorada iqlim isishini yanada tezlashishiga olib keldi.
            Bugungi kunda dunyoda tuproq ustki qatlamining 70 foizi yo‘qotib
          bo‘lindi. Dunyo bo‘ylab yiliga 40 million kishi tuproqlarning ta-
          naz zulga yuz tutishi bois, o‘z yashash manzillarini tashlab boshqa

          hududlarga ko‘chadilar.
            Bularning  barchasida  moda  katta  rol  o‘ynaydi.  Odatda  tabiiy
          tolalarni ishlab chiqarishda yerga chuqur ishlov beriladi, tola chiqimi
          katta bo‘lgan paxta kabi yakka hokim ekinlar ekiladi, yerga bunday
          ishlov berish va ekinlar yetishtirishda turli xil kimyoviy vositalardan
          keng foydalaniladi, bu, o‘z navbatida, asta-sekinlik bilan tuproqlar-

          ning ishdan chiqishiga olib keladi.
            Regenerativ qishloq xo‘jaligi zararli kimyoviy moddalardan
          foydalanishni inkor qiladi, o‘simliklarning o‘sishi va o‘sishda bir-birini
          qo‘llab-quvvatlashini hisobga olgan holda ekinlar joylashtiriladi,


                                               113
   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119