Page 104 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 104
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
foydalanilmasdan qolib ketadi. Bu esa nafaqat kompaniya uchun,
balki jamiyat uchun ham amalda foyda keltirishi mumkin bo‘lgan
g‘oyalarning amalda ishlatilmasdan qolib ketish xavfini kuchaytiradi;
5. Ochiq intellektual mulk bozorining faol rivojlanishi;
6. Yangi ish joyiga katta miqdorda bilim va g‘oyalarni olib keladigan
tajribali va kasbiy jihatdan malakali kadrlar mobilligining doimiy
o‘sib borishi;
7. Yangi firmalar (start-up kompaniyalar) barpo etishda xususiy
ven chur kapitali o‘rnining ortib borishi natijasida tadqiqotlar natija-
la rining tijoratlashish bosqichiga o‘tishi tezlashadi, bu kompaniya-
larning yopiq tashqi chegaralarining buzilishiga zamin yaratib beradi;
8. Ko‘plab mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqish
muddatlarining vaqt o‘tgani sari qisqarib borishi sababli yuzaga
keluvchi murakkabliklar, buning natijasida texnologiyalarning
xizmat muddati tobora qisqarib boradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning bir paytning o‘zida amalda
bo‘lishi sharoitida yopiq innovatsiyalar modeli ish bermay qoladi.
Asosiy texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish, marketing
tadqiqotlarini o‘tkazish va ITTKIlarini birgalikda amalga oshirish
uchun “ochiq innovatsiyalar” modeliga o‘tishni belgilovchi strategik
hamkorlikni yaratish talab etiladi.
“Texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishning yangi yo‘li”
(2003) kitobida Genri Chesbro tomonidan dastlab ilmiy muomalaga
kiritilgan. “Ochiq innovatsiyalar” ichki innovatsion jarayonlarni tez-
lashtirish uchun mo‘ljallangan axborot oqimlaridan foydalanishni,
shuningdek, innovatsiyalardan yanada samarali foydalanish uchun
bozorlarni kengaytirishni nazarda tutadi. “Ochiq innovatsiyalar” na-
zariyasi tadqiqotlarni amalga oshirish va ishlanmalarni ishlab chi-
qish jarayonlarini ochiq tizim sifatida baholaydi. Kompaniya nafaqat
o‘zining ichki ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarining natijasi
sifatida yangi g‘oya va mahsulotlar bilan bozorga kirib borishi, balki
hamkorlikda boshqa tashkilot va korxonalar bilan ham bozorda o‘z
faoliyatini kengaytirishi ham mumkin.
103