Page 131 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 131
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy
institutlar majmuasi tomonidan taʼminlanadi” .
11
Eng kuchli tahlil instrumentlaridan biri sifatida MIT konsepsiya-
sining ahamiyati quyidagi uch omilga asoslanadi:
1) bilimlarning iqtisodiy jihatdan muhimligini anglab yetish;
2) tizimli yondashuvga eʼtiborning kuchayishi;
3) bilimlar yaratish jarayonida ishtirok etuvchi muassasalar soni-
ning ortishi.
Shunday qilib, milliy innovatsion tizim o‘z ichiga ikkita: ilmiy
ishlab chiqarish va institutsional bloklarni qamrab oladi.
O‘z navbatida, ilmiy ishlab chiqarish muhitini quyidagicha tartib-
lashimiz mumkin:
1) fan va taʼlim (g‘oyalar manbai);
2) tadbirkorlik sektori;
3) innovatsion infratuzilma.
Institutsional muhit hukumatning ilmiy-texnik va innovatsion
siyosatini shakllantirish borasida davlatning faoliyat yuritishi orqali
taʼminlanadi. Mazkur holatlardan kelib chiqqan holda quyidagi
4.4-rasmda milliy innovatsion tizimni barpo etishning konseptual
sxemasi keltirib o‘tilgan.
Taʼlim, fan (innovatsion g‘oyalar manbai), biznes sohasi va ilmiy
ishlanmalarning tijoratlashuviga ko‘mak beruvchi innovatsion
infratuzilmaning turli unsurlari milliy innovatsion tizimning eng
muhim tarkibiy unsurlari hisoblanadi.
11 М. Бунчук «Национальные инновационные системы: основные понятия и приложения» (по материалам
зарубежных авторов), http://www.geocities.com/CollegePark/Lab/5590/nis.htm
130