Page 134 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 134
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
meʼyoriy baza yaratilishi borasida tegishli shart-sharoitlar yaratib
beradi. Tadbirkorlar qo‘shimcha foyda olish maqsadida innovatsion
mahsulot bozorida ishlashning barcha tijoriy tavakkalchiliklarini o‘z
zimmasiga oladigan bir paytda davlat soliqlardan o‘z dividendlarini
oladi, ijtimoiy muammolarni hal qiladi va jahon miqyosida boshqa
davlatlarga nisbatan o‘z o‘rnini mustahkamlaydi. Meʼyoriy-huquqiy
bazani yaxshilash, uni yangicha shart-sharoitlarga moslashtirish,
moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish, institutsional
o‘zgarishlarni amalga oshirish innovatsion jarayonlarni davlat
tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
4.3. Mamlakatimiz innovatsion infratuzilmasining
zamonaviy holati
Milliy innovatsion tizimning muhim tarkibiy qismi innovatsion
infratuzilma, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijorat nuqtai nazaridan
jozibador mahsulotlarga aylantirish (ITTKI natijalarini tijoratlashti-
rish)ga yordam beradigan institut va tashkilotlardir. Bunday
infratuzilmaning mavjudligi dunyoning barcha rivojlangan
mamlakatla rida milliy innovatsion tizimlarni yaratishning eng
muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Innovatsion infratuzilma –
turli resurslarni oson lik bilan qo‘lga kiritish imkonini beruvchi va
innovatsion jarayon ishtirokchilariga innovatsion mahsulotlarni
yaratish, ularni bozorga olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi
barcha quyi tizimlarning majmuidir.
Innovatsion infratuzilmaning alohida vazifasi kichik innovatsion
korxonalarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Innovatsion
infratuzilmaning quyidagi quyi tizimlarini alohida ajratib
ko‘rsatishimiz mumkin:
1. Ishlab chiqarish-texnologik infratuzilma;
2. Moliyaviy infratuzilma;
3. Ekspert-maslahat infratuzilmasi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarni ishlab chiqa-
rish sohasida nafaqat yirik korporatsiyalar, balki kichik innovatsion
firmalar ham faollik ko‘rsatadilar. Yirik kompaniyalarning, bir
133