Page 137 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 137
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va
muvaffaqiyatli texnologik loyihalar – start-uplar ishlab chiqish
va ilgari surish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega tadbirkorlarning
yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
to‘rtinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiya-
larning maʼlumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish
va tajribani biznes-tuzilmalarga o‘tkazish amaliyoti rivojlanmasdan
qolmoqda;
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion
g‘oya lardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo‘lga
qo‘yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga
javob bermaydi;
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar –
start-uplar sohasiga texnika oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari
va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni
yaratishga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti;
yettinchidan, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni
ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb
qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda .
12
Innovatsion siklning qator bosqichlari bugungi kunda moliyaviy,
axborot va infratuzilmaviy jihatdan zarur darajada qo‘llab-
quvvatlanayotgani yo‘q. Bu, eng avvalo, tadqiqot va ishlanmalarning
natijalarini tijoriylashtirishga kirishayotgan boshlang‘ich
kompaniyalarga tegishli. Bundan tashqari, innovatsion jarayonning
asosiy ishtirokchilari va ularning tijoratlashuvi o‘rtasidagi aloqalarni
rivojlantirish yetarli darajada rag‘batlantirilmasdan qolmoqda. Buning
natijasida mavjud salohiyatdan samarali tarzda foydalanilmayapti
va mamlakatning texnologik rivojlanish ko‘rsatkichlari asta-sekin
o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, hali pastligicha qolmoqda. Innovatsion
infratuzil maning barcha unsurlari o‘z vazifalari va maqsadlariga
12 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. www.
lex.uz
136