Page 142 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 142
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlagan holda texnopark yoki ilmiy parklarning tarkibida ham
fao liyat ko‘rsatishi mumkin. Avtonom inkubatorlar asosan texnologik
bo‘lmagan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Texnopark
tarkibiga kiruvchi, shuningdek, universitet yoki ilmiy tashkilotlar ning
yaqinida joylashgan inkubatorlar innovatsion kichik korxonalarni
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular odatda “texnologik
inkubatorlar” deb ataladi. Texnologik biznes-inkubatorlarning o‘rni
fan sig‘imli va yuqori texnologiyali biznes sohalarida band bo‘lgan
kichik innovatsion korxonalarni “o‘stirish” hisobiga yuqori texno-
logiyali tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Texnologik
biz nes-inkubatorlar odatda universitetlar va ilmiy markazlarda
yaratilgani sababli bilimlarni uzatishga, ularning tijoratlashuviga
yordam beradilar. Bundan tashqari, ular yuqori malakali kadrlar
uchun ish joylari yaratilishini taʼmin etgan holda MIT kadrlarining
mobillik darajasining oshishiga xizmat qiladi.
Biznes-inkubatorlar paydo bo‘lgan XX asrning 40- va 50-yillari-
dan boshlab to hozirgi kungacha biznes-inkubatorlarning uch
avlodi shakllanganligini kuzatishimiz mumkin. Ikkinchi va uchinchi
avlod biznes-inkubatorlarining yangi modifikatsiyasi biznes-
inkubatorlarning dastlabki modelidan sezilarli darajada farq qiladi.
Har bir keyingi avlod avvalgi modellarning ishlashiga bir necha
o‘zgarish kiritgan bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda uchta avlod inkubatorlari
parallel ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Birinchi avlod biznes-
inkubatorlarning shakllanishi 1970-yillarning ikkinchi yarmiga
to‘g‘ri kelsa-da, 1940-yillarning oxirlari va 1950-yillarning boshlarida
ham biznes-inkubatorlarni tashkil etish borasida dastlabki urinishlar
amalga oshirilgan. Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi inqiroz
mintaqalarda turg‘unlikdan xalos bo‘lishga yordam beradigan yangi
iqtisodiy siyosat vositalarni izlashga majbur qildi. Inkubatorlardan
iqtisodiyotni mintaqaviy darajada qayta qurish va diversifikatsiya
qilish, shuningdek, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy
barqarorlikni taʼminlash maqsadida foydalanila boshlandi. Bu biznes
inkubatorlar yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri edi.
141