Page 138 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 138

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ko‘ra, bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lishiga qaramasdan, ularning o‘rtasida
          sezilarli farqlar ham mavjud. Quyida innovatsion infratuzilmaning
          asosiy unsurlarini batafsil ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.


                                          Texnopark

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi
          “Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida texno park-
          lar tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida Toshkent shahrining Olma zor
          va Yashnobod tumanlarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishning
          eng  ilg‘or  shakllaridan  biri  sifatida  texnoparklar  faoliyatini  yo‘lga
          qo‘yishga  alohida  urg‘u  berilgan.  Texnoparklar  faoliyati  to‘g‘risida
          to‘liqroq tushunchaga ega bo‘lishimiz uchun, quyida Guliston davlat
          universiteti qoshida tashkil etilgan texnopark nizomi bilan tanishib
          chiqamiz.

            Texnopark ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yuqori texnolo-
          giyali  biznesni  jadal  taraqqiy  ettirish,  kichik  va  o‘rta  biznesni
          rivojlantirish hisobiga mahalliy va mintaqaviy budjetlar daromad
          qismining o‘sishiga olib keladi. Texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish
          va ularni rivojlantirish mahalliy hokimiyat organlarining doimiy
          qo‘llab-quvvatlashisiz amalga oshishi qiyin kechadi.
              Ushbu  tuzilmalarni  yaratishdan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad

          innovatsion sohada o‘z biznesini boshlovchilarni qo‘llab-quvvatlash
          borasida innovatsion muhitni shakllantirishdan iboratdir. Mazkur
          tuzilmalar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
            −  innovatsion  texnologiyalarni  yaratish  va  ularni  tijorat  bilan
          taʼminlash uchun kompaniyalar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish;
            −  kichik va o‘rta innovatsion kompaniyalarning mustaqil tarzda
          oyoqqa turib olishlariga ko‘maklashish;
            −  ushbu mahsulotga bo‘lgan mintaqa va mamlakat bozorlari-
          ning ehtiyojini to‘laqonli qondirish maqsadida ilmiy-texnik

          mahsulotlarning sotish bozorlariga izchil o‘tkazilishini taʼminlash.
            Texnopark o‘z rezidentlariga muayyan infratuzilma xizmatlari va
          obyektlarini taqdim etadi:
            1. Barcha kerakli jihozlar bilan jihozlangan ofis binolari, internet,

                                               137
   133   134   135   136   137   138   139   140   141   142   143