Page 141 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 141
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
shakllantira olishi lozim. Odatda biznes-inkubatorga tadbirkorlik
lo yihalarini amalga oshirish uchun 10-20 tagacha turli tarmoq va
so halarda faoliyat ko‘rsatuvchi kichik korxonalar birlashadilar. Biz-
nes-inkubatorlar tadbirkorlarga turli xizmatlar bilan bir qatorda
biz nes yuritishning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradilar
va hu duddagi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha tahliliy axborotlar taqdim
etadilar va konsalting xizmatlari ko‘rsatadilar. Biznes-inkubatorlar
tadbirkorlarning ijara to‘lovlari, inkubatordan mustaqil ajralib chiqqan
va bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar
foydasi (sotish hajmi)dan ajratilayotgan ulushlar, o‘quv yurtlari,
sanoat korxonalarining mablag‘lari va venchur kapital hisobiga kun
ko‘radi. Shunday qilib, inkubator byurokratik to‘siq-larni bartaraf
etishga yordam beradi va firmalarni tegishli vositalar va uskunalar
bilan taʼminlaydi. Shu sababli loyihani ishlab chiqishga sarflanadigan
vaqt va dastlabki xarajatlar kamayadi. Eng muhimi, biznes-inkubator
konsalting, taʼlim, axborot xizmatlari ko‘rsatish, menejment va
marketing jihatdan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash
orqali tadbirkorlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan keng
foydala nishlariga imkon yaratadi, bu esa o‘z navbatida, boshlovchi
tadbirkorlar faoliyatining muvaffaqiyatli kechishini taʼmin etadi.
Inkubatorlar iqtisodiyot, ilm-fan va texnologiyalar rivojida tutgan o‘rni
jihatidan texnoparklardan farq qiladi. Birinchidan, biznes-inkubatorlar
faqat yangidan tashkil etilayotgan kompaniyalar yoki firmalarni
ularning dastlabki rivojlanish bosqichida qo‘llab-quvvatlaydilar.
Ikkinchidan, ular nafaqat yuqori texnologiyalar sohasidagi firmalarni,
balki turli tarmoq va sohalarga mansub kichik biznes subyektlarini
ham qo‘llab-quvvatlaydilar. Uchinchidan, inkubatorlar odatda ofis
va boshqa binolarni qurish uchun yer maydonlarini ijaraga berish
imkoniga ega emaslar. To‘rtinchidan, biznes-inkubatorlar firmalar-
ning inkubatsiya davrida firmalarni doimiy yangilab borish siyosa-
tini amalga oshiradilar. Ko‘rinib turibdiki, biznes-inkubatorlar birin-
chi navbatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma ning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular avtonom tuzilma sifatida ham fao-
liyat yuritishlari va shuningdek, kichik innovatsion tadbirkorlikni
140