Page 144 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 144
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Shunday qilib, birinchi avlod doirasidayoq inkubatorlar kichik
innovatsion korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va texnologiyalar
transferini jadallashtirish uchun bir vosita bo‘lib xizmat qila
boshladi.
Biznes-inkubatorlar ikkinchi avlodining shakllanishi va rivojlani-
shi bir qator omillar bilan belgilandi. Birinchidan, ilm-fan va
texnologiyaning jadal rivojlanishi ilm va texnologiyalarning transferi,
tadqiqot va ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonlarini jadallash-
tirishni talab qiladi. Natijada spin-off tadqiqotchilik kompaniyalari
kabi institutsional tuzilmalar paydo bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida,
ularni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini tartibga solish vositalarini
o‘ylab topish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Yevropa Ittifoqi ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu inkubatorlarni
qay ta tiklashga yordam berdi va inkubatorlar faoliyatida ko‘plab
o‘zga rishlarga sabab bo‘ldi. Bu yerda milliy innovatsion tizimning
eng mos lashuvchan va mobil tuzilmalari sifatida kichik korxonalar
ham o‘zlari ning munosib hissalarini qo‘shdilar. Ikkinchidan, kichik
korxo nalarning raqobatli bozor sharoitida faoliyat ko‘rsatishi va
“yashab qolish” shart-sharoitlarining o‘zgarishi va umuman olganda
ishbilarmonlik muhiti talablarining yangicha ahamiyat kasb etishi,
tadbirkorlik subyekt lari tomonidan biznes-inkubatorlarga qo‘yiluvchi
talablarning ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Mavjud sharoitda
omon qolish uchun bino va maydonlar va standart xizmatlarning
to‘p lami endilikda yetarli bo‘lmay qoldi. Axborot, moliyaviy resurslar,
texnologiyalarni qo‘lga kiritish, kichik korxonalar va inkubator
boshqaruvchilarining professional darajasini doimiy ravishda tako-
millashtirish bugungi kunda subsidiyalangan narxlarda binolarni
ijaraga berish kabi anʼanaviy xizmatlarni korxonalar uchun ham
tobora ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Biznes-inkubatorlar har qanday
modelining asosiy tavsifi ularning yaratilish maqsadlari va ularning
siyosat vositasi sifatidagi ahamiyati bilan belgilanadi. Birinchi avlod
inkubatorlari, odatda, yangi ish o‘rinlarining “ishlab chiqarilishi” va
sharoiti og‘ir hududlarda tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish uchun
xizmat qildi.
143