Page 147 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 147

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             subyektlari  bino  va  maydonlarni  ijaraga  olish,  umumiy  kommunal
             xizmatlar va kommunikatsiya sohasidagi xizmatlardan foydalanish
             imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsalar, yangi avlod biznes-inkubatorlari
             korxonalarning  muvaffaqiyatli  rivojlanishi  uchun  yetarli  bo‘lgan
             xizmatlar majmuini aniqlashga va shakl lantirishga o‘z eʼtiborlarini

             qaratishmoqda. Inkubator tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni
             ichki  va  tashqi  xizmatlarga  bo‘lishimiz  mumkin.  Ichki  xizmatlar
             sirasiga biznes-rejani ishlab chiqish, bozor tadqiqotlarini o‘tkazish,
             investorlar,  mahsulot  yetkazib  beruvchilarni  va  isteʼmolchilarni
             qidirib topishda ko‘maklashish, fan bilan ishlab chiqarishning o‘zaro
             integratsiyalashuvini taʼminlash kadrlar tayyorlash kabi xizmatlarni
             kiritishmiz mumkin. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish
             kabi xizmat turlarini tashqi xizmat turlari sirasiga kiritamiz, chunki
             malakali  huquqiy  xizmatlarni  ixtisoslashgan  yuridik  firmalar

             ko‘rsatishadi va bu borada biznes inkubator menejerlari bu turdagi
             xizmatlarni  ko‘rsatuvchi  firma  va  kompaniyalar  bilan  yaqindan
             hamkorlik aloqalarini o‘rnatishadi. Ko‘plab biznes-inkubatorlar
             inkubatsiyadan oldingi va inkubatsiyadan keyingi xizmatlarni
             ko‘rsatishga intilmoqdalar. Inkubatsiyadan oldingi xizmatlarga
             binolar,  aloqa  vositalari  bilan  taʼminlash,  biznes-rejani  ishlab  chi-
             qishga ko‘maklashish kabilar kiradi. Ushbu xizmatlarni inkubator-

             menejerlari biznes-inkubatorga hali qabul qilinmagan firmalarga ham
             ko‘rsatishadi.  Biznes-inkubatordan  uchirma  bo‘lgan  firmalar  bilan
             ko‘pchilik  biznes-inkubatorlar  aloqalarini  yo‘qotmaydilar  va  kerak
             bo‘lsa yordam ko‘rsatishadi, yaʼni inkubatsiyadan keyingi xizmatlarni
             taqdim etadilar. Bundan tashqari, ko‘plab biznes inkubatorlar o‘zlari
             joylashgan hududdagi “inkubatsiya qilinmagan” kichik korxo nalarga
             ham  xizmat  ko‘rsatadilar.  Ikkinchi  avlod  biznes-inkubatorlari
             o‘sishda davom etayotgan bo‘lsa-da, ular bilan parallel ravishda
             biznes-inkubatorlarning  uchinchi  avlodi  allaqachon  shakllanib

             ulgurdi. Aslida, ushbu model AKT sohasida sinovdan o‘tgan bo‘lib,
             ko‘p hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq.
             Shu bois yangi avlod inkubatorlari “devorlarsiz” inkubatorlarni yoki
             virtual  inkubatorlarni  anglatadi.  Ko‘pgina  tadqiqotchilar  ushbu

                                                  146
   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151   152