Page 152 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 152

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          markazlari  odatda  oliy  o‘quv  yurtlarida  joylashtiriladi  va  ITTKIlari
          natijalarining tijoriy qiymatini baholaydilar, tijoratlashtirish
          strategiyasini ishlab chiqadilar, patent olish uchun arizalar beradilar,
          loyiha  ishtirokchilarining  mulk  huquqlarini  himoya  qiladilar,
          oldindan belgilangan sxemaga asosan loyiha ishtirokchilari o‘rtasida

          royaltini taqsimlaydilar, intellektual mulk, kichik korxonalarni tashkil
          etish,  investitsiyalar  jalb  qilish  bo‘yicha  universitet  xodimlariga
          maslahat  xizmatlarini  ko‘rsatadilar.  Texnologiyalar  transferi
          markazlari foyda keltiruvchi va o‘zini o‘zi qoplovchi markaz sifatida
          tashkil etilmagan bo‘lsa-da, AQSh tajribasi bunday markazlar tashkil
          etilganidan  boshlab,  8-10  yil  ichida  o‘zini  o‘zi  qoplash  imkoniga
          ega bo‘lgan markazga aylana olishi mumkinligini ko‘rsatadi.
          Texnolo giyalar  transferi  markazlarining  tashkiliy-huquqiy  shakli
          bo‘lib, universitetning tarkibiy bo‘linmasi yoki notijorat shaklidagi

          hamkorlik hisoblanadi.
            Texnologiyalar  transferi  markazlarini  yaratishning  konseptual
          g‘oyasi    va    maqsadi-mintaqalarning          iqtisodiy     rivojlanishini
          rag‘batlantirishdan  iborat.  Texnologiyalar  transferi  markazlarining
          samarali     faoliyat     ko‘rsatishi,     ularning      atrofida     biznes-
          inkubatorlarning shakllanishiga olib keladi va buning natijasida
          kompaniyalar  tanlov  asosida  “boshlang‘ich”  moliyalashtirish

          huquqini qo‘lga kiritishlari mumkin. Rivojlangan davlatlar amaliyoti
          shuni ko‘rsatadiki, fundamental tadqiqotlardan ularning natijalarini
          tijoratlashtirishga o‘tishning aniq bir tizimi yaratilmas ekan, oliy taʼlim
          muassasalarida  amalga oshirilayotgan  ilmiy-tadqiqot ishlarining
          yuqori  samaradorligiga  erishib  bo‘lmaydi.  Bu  vazifalarni  amalga
          oshirishni bevosita universitetlarning o‘zlari uddalay olmaydilar,
          chunki ITTKIlarini amalga oshirish juda katta xarajatlarni talab etadi,
          texnologiyalar transferi zanjirini bog‘lovchi davlat mexanizmlarining
          mavjud emasligi innovatsion jarayonlarning samaradorligiga salbiy

          taʼsir ko‘rsatadi.
            Texnologiyalar  transferining  asosiy  vazifalari  quyidagilardan
          iborat:
            1. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish strategiyasini ishlab

                                               151
   147   148   149   150   151   152   153   154   155   156   157