Page 160 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 160

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Qog‘oz  qistirishda  foydalaniluvchi  jihozlarning  afzallik  va
          kamchiliklarini baholang va quyidagi jadvalni to‘ldiring.


                          Jihoz                      Afzalligi          Kamchiligi

          Oddiy qog‘oz qistirgich
          Katta o‘lchamli qog‘oz qistirgich
          Plastmassali qog‘oz qistirgich
          Stepler
          Prujinali qistirgich
          Multifora
          ...


            Tahlillar  asosida  oddiy  qog‘oz  qistirgichning  hayotiylik  sikli  o‘z
          yakuniga yetayotganligi borasida xulosa qilish mumkinmi?
            Keys.  Sunʼiy  intellekt  bilan  jihozlangan  kameralar  Shanxay
          restoran va oshxonalarida tartibni kuzatib boradi
            “KanKan” kompaniyasi oshpazlar va ularning yordamchilari osh-
          xona  va  restoranlarda  tartib  va ozodalikka  rioya  qilishlarini  kuza-

          tib borish maqsadida sunʼiy intellekt asosida kuzatuv kameralarini
          yaratishdi sunʼiy intellekt ish joylarida sanitariya qoidalariga amal
          qilmaslik holatlarini darhol aniqlaydi, qoida buzilishi aks etgan
          tasvirlarni darhol Xitoy sog‘liqni saqlash muassasalariga uzatadi.
          Hozircha ushbu texnologiyadan 200 ta restoranda foydalanilayotgan
          bo‘lsa, yaqin davrda yana 2000 ta obyektda, keyinchalik esa butun
          mamlakat bo‘ylab joriy qilish ko‘zda tutilgan.



                                            Savollar
            1. Misolda keltirilgan innovatsion yechimni innovatsiyalarning qaysi
          turiga mansub, deb hisoblaysiz?
            2. Misolda keltirilgan innovatsion yechimlardan O‘zbekiston sharoitida
          foydalanishning qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
            3.  Sunʼiy  intellektdan  iqtisodiyotning  boshqa  soha  va  tarmoqlarida
          foydalanish istiqbollarini qanday baholaysiz?




                                               159
   155   156   157   158   159   160   161   162   163   164   165