Page 161 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 161
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Keys. Beshinchi avlod jadal rivojlanmoqda
“2020-yil mobil aloqa bozorida beshinchi avlod (5G) texnologiyalari
yili bo‘ldi. 2020-yilda 5G tijorat tarmoqlari soni 100 dan oshgani
holda, sayyoramizda 15 foiz aholi mazkur aloqa texnologiyasi bilan
qamrab olindi. Bugungi kunda 5G texnologiyasi jadal surʼatlar
bilan rivojlanayotgan texnologiyalardan biri hisoblanadi, 2026-
yil yakuniga borib, dunyoda 3,5 milliard aholi mazkur aloqa bilan
qamrab olinishi kutilmoqda. 5G texnologiyasi maʼlumotlarni tezkor
uzatish, maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish kabi jihatlari bilan
avvalgi texnologiyalardan ajralib turadi.
“Ericsson” kompaniyasining tahlillariga ko‘ra, dunyoda kelgusida
5G tarmoqlari jadal o‘sish surʼatiga ega bo‘ladi, 2026-yilning yaku niga
borib, yer shari aholisining 60 foizi 5G tarmoq bilan qamrab olinadi.
Ilk 5G tarmoqlari 2019-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, o‘shanda
u 5 foiz aholini qamrab olgan edi. Mazkur texnologiya asosidagi
xiz matlar asosan AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Shveysariya kabi
mamlakatlarning yirik shaharlarida ko‘rsatilib kelingan bo‘lsa,
bugungi kunda 5G texnologiyasi dunyo bo‘ylab jadallik bilan
yoyilmoqda.
Savollar
1. Bugungi kunda 5G texnologiyasi innovatsion siklning qaysi bosqi-
chida?
2. 5G texnologiyasi innovatsiyalarning qaysi turiga mansub, deb
o‘ylaysiz?
3. 3G, 4G, 5G aloqa texnologiyalarini innovatsionlik nuqtai nazaridan
tahlil qiling va tahlillaringizni innovatsion sikl chizmasida aks ettiring.
160