Page 388 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 388
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
10.1. Hayotiylik siklining turli bosqichlarida kompaniyaning
innovatsion faoliyatini moliyalashtirish
Milliy iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishda innovatsion
jarayonlarni samarali boshqarish innovatsion faoliyatning muhim
jihatlaridan hisoblanadi. Shu bois korxonalarning mavjud moddiy-texnik
bazasini yangilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini
rivojlantirish, yangi faoliyat turlarini o‘zlashtirish, ilmiy sig‘imliligi yuqori
bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarda innovatsion muhitni
yaratish, innovatsion ishlab chiqarishni rag‘batlantirish innovatsion
jarayonlarni strategik boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. Ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, tashqi va ichki bozor talabiga mos
raqobatdosh tovarlarni ko‘paytirish innovatsion faoliyat tizimining
yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Buning uchun iqtisodiyotda innovatsion
jarayonlarni tatbiq etadigan ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab olish zarur.
Maʼlumki, ilmiy asoslangan innovatsiya qarorlarini qabul qilish
uchun ichki va tashqi moliyalash manbalarini samarali jalb etish
iqtisodiyotning kelajagini belgilovchi muhim omil sanaladi. Jahon
tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, investitsiya jarayonlarini rivojlantirish
va buning uchun qulay muhitni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish
lozim: buningsiz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan hech bir mamlakat
jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasholmaydi.
Investitsion-innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning samarali
usullarini milliy va xalqaro andozalarga muvofiq joriy etish o‘ta muhim
vazifadir. Qolaversa, investitsion-innovatsion faoliyatda qaltislikni
imkon qadar pasaytirish, resurslar taqchilligi sharoitida yirik investitsiya
loyihalarini zamonaviy modellashtirish usullarini qo‘llashning ham
alohida o‘rni mavjud. Loyihalarning samaradorligini baholash-texnik,
texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiy xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lmay, quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
• loyihani to‘liq hayotiylik sikli davomida ko‘rib chiqish;
• pul oqimlarini modellashtirish (bunda loyihani amalga oshi rish
bilan bog‘liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni
ishlatish ehtimolini hisobga olgan holda xarajatlar ki ri tiladi);
• ishonchlilik va yuqori samaradorlik.
387