Page 393 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 393

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             moliyasidan  sezilarli  darajada  farq  qiladi.  Har  qanday  start-updan
             farqli  o‘laroq,  taraqqiy  etgan,  operatsion  faoliyati  yaxshi  yo‘lga
             qo‘yilgan kompaniyalar moliyasi zamonaviy korporativ moliyani
             o‘rganish obyekti hisoblanadi. Ushbu holatda kompaniyaning ope-
             ratsion  fao liyati  deyilganda,  kompaniyaning  mahsulot  ishlab  chiqa-

             rish va sotish, xizmatlarni taqdim etish, ishlarni bajarish bilan bog‘liq
             asosiy  faoliyati  tushuniladi.  Bunday  kompaniyadagi  moliyachilar-
             ning  vazifasi  –  moliyaviy  oqimlarni  kompaniya  faoliyatining
             samaradorligini  oshirish  uchun  yo‘naltirishdan  iboratdir.  Moliyachi
             kompaniya  kapi tali  qiymatini  oshirish  uchun  uning  tarkibini  qayta
             ko‘rib  chiqishi  lozim,  shu  bilan  birgalikda,  u  kompaniya  uchun  eng
             foydali bo‘lgan dividend siyosatini belgilashi, foiz to‘lovlarini to‘lash
             borasida optimal sxemalar ishlab chiqishi, oddiy aksiyalarni so‘ndirish
             va  shu  kabi  masalalar  bilan shug‘ullanishi  kerak  bo‘ladi.  Yangidan

             tashkil etilayotgan biznesda bunday global muammolar yo‘q bo‘lsa-da,
             tadbirkorning vazifasi ancha murakkab bo‘lib, u ham bo‘lsa korxona
             faoliyatini  moliyalashtirishga  mablag‘lar  izlab  topish  va  ularni  jalb
             qilishdan iboratdir. Korporativ moliya nazariyasiga ko‘ra, har qanday
             kompaniyaning barcha pul oqimlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
             operatsion faoliyatdan olinuvchi pul oqimlari, investitsion faoliyatdan
             olinuvchi  pul  oqimlari  va  moliyaviy  faoliyatdan  ko‘riluvchi  pul

             oqimlari. Agar biz rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lgan yosh
             innovatsion kompaniyani tahlil qiladigan bo‘lsak, u holda tadbirkor-
             ning aslida hech narsasi yo‘qligiga, na aktivlari va na o‘z kapitali borli-
             giga guvoh bo‘lamiz. Tadbirkorning birgina narsasi bor, u ham bo‘lsa,
             uni bozorga olib chiqish orqali pul ishlashi mumkin bo‘lgan ixtirosidir,
             xolos. Yana shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, yangidan o‘z ishini
             boshlayotgan  tadbirkorda  umumiy holatda  biznesni tashkil  etish
             to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi biznes-g‘oya ham
             mavjud.  Biznesni  tashkil  etishning  dastlabki  bosqichida  operat sion,

             investitsion  va  moliyaviy  faoliyatdan  olinuvchi  pul  oqimlari  haqida
             gapirishga hali ancha erta. Har qanday tadbirkor – yangi innovatsion
             loyihani  tashkillashtiruvchini  “Biznesni  yaratish  va  rivojlantirish
             uchun pulni qayerdan olish kerak?” degan muhim bir savol qiynaydi.

                                                  392
   388   389   390   391   392   393   394   395   396   397   398