Page 395 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 395
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
emasliklari va moliya sohasida yetarlicha tajribaga ega emasliklari
bilan ajralib turadilar. Albatta, bilimlar sohasidagi, xususan,
moliyaviy bilimlar borasidagi bo‘shliqlar ko‘p yillik tajribalar asosida
to‘ldirilishi mumkin. Bu tajribalar tadbirkorda ko‘p yillik sinovlar va
faoliyatni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsiz lik lar hisobiga yillar
davomida to‘planib boradi.
• Venchur yoki shamol kapital? AQShdagi mashhur kiyim-kechak
ishlab chiqaruvchi Banana Republic firmasining asoschisi Mel Zigler
sport kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ZoZa firmasiga asos
soldi. Ushbu korxona uchun 165 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya
kiritgan venchur fondining vakili Gari Richel “Business Week” jurnaliga
bergan intervyusida: “Agar sizda jasorat va pul mablag‘i yetarli bo‘lsa,
sizga isteʼmol bozorlarida hech narsa xavf solmaydi” deb, taʼkidlaydi.
Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmasdan, uning fikrlari noto‘g‘ri ekanligi
ayon bo‘ldi. 2001-yilning bahorida ZoZa o‘zining birinchi kolleksiyasini
chiqardi – yuz minglab kostyumlarda ko‘rsatilgan o‘lchamlar o‘zining
haqiqiy o‘lchamlaridan salkam ikki punktga yuqori edi bozordan qaytgan
mahsulotlarning ulushi 80 foizdan oshib ketdi va ikki oydan so‘ndi, ZoZa
bankrotga uchradi. Bundan xulosa shuki, tadbirkordagi dadillik, yaxshi
g‘oya va g‘oyani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘larning
majvudligi bozorga yorib kirish uchun yetarli bo‘lmasa-da, lekin
bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchrash uchun yetarli hisoblanadi.
Shunday qilib, start-uplar ning moliyasi katta kompaniyalarning
moliyasidan tubdan farq qiladi (10.2-rasm), chunki korporatsiyalar
va kichik innovatsion kompaniyalarning moliyaviy oqimlari o‘rtasida
sezilarli farq mavjud. Shu bilan birga, anʼanaviy tarzda urf bo‘lgan
qarz moliyaviy resurslarning aksariyati qismidan (bank kreditlari
va ssudalari, kompaniya obligatsiyalarini chiqarish va sotishdan
olingan mablag‘lar, boshqa nobank tashkilotlarining kreditlari) yosh
innovatsion kompaniyalar foydala na olmaydilar. Bundan tashqari,
barcha hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi barcha moliyaviy qarorlar,
ko‘pincha maxsus moliya taʼlimga yoki moliya sohasida ishlash
tajribasi bo‘lmagan kompaniya muassislari jamoasi tomonidan amalga
oshiriladi. Biznes g‘oyani ishlab chiqishdan boshlab uni strategik
394