Page 400 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 400
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
– birlamchi institutsional investorlar – innovatsion loyihalarning ilk
bosqichlarini moliyalashtiruvchi venchur fondlari, biznes-farishtalar
hisoblanadi. Shuningdek, universitetlar, biznes inkubatorlar,
texnoparklar kabi moliyalashtirish manbalari ham katta ahamiyatga
ega. Kompaniyaning biznes modeli, tadbirkor va uning jamoasining
taj ribasi va obro‘-eʼtibori, shuningdek, moliya bozorlaridagi vaziyatga,
moliyalashtirishning u yoki bu turini jalb qilish imkoniyatlari ko‘p jihatdan
bog‘liq. Venchur fondlari yoki strategik investorlar kabi institutsional
investorlarning mablag‘larini osongina jalb qilish imkoniyatiga ega
bo‘lgan tajribali tadbirkorlardan farqli o‘laroq, kompaniyani tashkil
etishning dastlabki bosqichlaridayoq yangi tadbirkor o‘z mablag‘larini
sarf qilishga, o‘z yaqinlari va biznes-farishtalar orasidan investorlarni
izlab topishga, shuningdek, davlat grantlari va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash dasturlariga umid qilishiga to‘g‘ri keladi. Ilk o‘sish (Early
Stage) bosqichiga kelib, kompaniya mahsulot sotishdan daromad
ola boshlaydi. Ushbu daromadlar hali unchalik ham katta bo‘lmasa-
da, kompaniyaning investitsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pul
oqimlari xarajatlarini qoplash imkonini beradi va buning natijasida
pul oqimlarining yakuniy qiymati ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.
Ushbu bosqichda innovatsion mahsulot va xizmatlar bozorining
hajmi, maʼlum bir yildan so‘ng loyihadan chiqish imkoniyati, inson
omili va barqaror raqobat afzalliklari kabi masalalar birinchi o‘ringa
chiqadi. Kompaniyaga katta miqdordagi moliyaviy investitsiyalar talab
etiladi, bularning barchasi, eng avvalo, venchur fondlari, investitsiya
fondlari va turli xil strategik sherikchilik hisobiga taʼmin etiladi.
Strategik sherikchilik turli xil shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Bu istiqbolli texnologiyaga ega bo‘lgan start-up kompaniyalarning
ulushini katta kompaniyalar tomonidan sotib olinishi yoki yirik
kompaniyaning mablag‘laridan birgalikda innovatsion mahsulot
yoki xizmatni ishlab chiqishda foydalanish bo‘lishi mumkin. Keyingi
rivojlanish/kengayish bosqichida kompaniya bozorda o‘z pozitsiya sini
mustahkamlaydi va sotuv hajmlarining ortib borishi natijasida sezilarli
ijobiy pul oqimlari shakllanadi. Shu bilan birga, operatsion faoliyatdan
olinuvchi mablag‘lar, odatda, investitsion va moliyaviy faoliyat bilan
399