Page 401 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 401

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             bog‘liq  pul  oqimlarini  qoplashga  to‘laligicha  etadi.  Kompaniyaning
             yangi bozorlarga kirishga imkon beradigan keyingi strategik
             kengayishi katta investitsiyalarni talab qiladi va natijada korxona
             venchur  biznesining  yirik  ishtirokchilariga-strategik  hamkorlarga,
             venchur  fondlariga  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  investitsiya  fondlari ga

             qiziqish  bildira  boshlaydilar.  Bunda, moliyaviy  resurslarning hajmi
             va ularning kapital bozoridagi mavqeyi katta miqyosdagi yangi yirik
             loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Yangidan o‘z faoliyatini
             boshlayotgan  korxonalarning  texnologiyasi  katta  kompaniya  uchun
             yangi  mahsulot  yaratishga,  yangi  sotish  bozorlarining  ochilishiga
             yoki xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishga imkon berganida
             katta  kompaniyalar  yangidan  faoliyat  boshlayotgan  innovatsion
             kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildiradilar. Strategik
             sherikchilik  turlicha  ko‘rinishlarda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bu

             istiqbolli texnologiyaga ega bo‘lgan start-up ulushini katta kompaniya
             tomonidan sotib olinishi yoki katta kompaniya tomonidan birgalikda
             ishlanmalarni  amalga  oshirish  uchun  pul  mablag‘lari  ajratilishi
             (JDA-Joint  Development  Agreement)  kabilar  bo‘lishi  mumkin.  Joint
             Development Agreement sharoitida kompaniya ulushini sotish amalga
             oshmaydi. Texnologiyalarni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlarini
             amalga  oshirish  uchun  hamkor  kompaniya  tomonidan  ajratilgan

             pul mablag‘lari texnologiya yoki mahsulotdan eksklyuziv huquqlar
             asosida foydalanish maqsadida ajratiladi. Har bir investorning yakuniy
             maqsadi – bu foyda olishdir. Innovatsion kompaniya biznesni yo‘lga
             qo‘yish va ilk o‘sishni taʼminlash muammolarini hal qila boshlagach,
             rentabellik  ko‘rsatkichlari  va  bozor  qiymati  ko‘rsatkichlari  asta-
             sekin o‘sib boradi. Buning natijasida investor kompaniyaga kiritilgan
             mablag‘larni nafaqat qaytarib olish, balki muayyan darajadagi foyda
             olis h imkonini beruvchi shart-sharoitlar tarkib topadi. Kompaniyaning
             barqaror iqtisodiy o‘sish fazasida tadbirkorga investorsiz o‘zi mustaqil

             tarzda qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi va investorga loyihadan
             foyda bilan chiqishni taʼmin etuvchi, venchurli investorlarga maʼlum
             bir  foyda  bilan  sarflangan  barcha  mablag‘larni  qaytarib  olishga  izn
             beruvchi iqtisodiy natijalarga erishish lozim.

                                                  400
   396   397   398   399   400   401   402   403   404   405   406