Page 396 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 396
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
investorlarga sotish yoki ommaviy bozorlarga olib chiqishgacha bo‘lgan
hamma davrlarda ham, moliyaviy strategiya start-upning kelgusidagi
taqdirini belgilab beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kichik
innovatsion kompaniyalar yoki start-uplarning moliyaviy strategiyasi
yirik korporatsiyalarning moliyaviy strategiyasidan ancha farq qiladi.
Hayotiylik siklining har bir bosqichida moliyalashtirishning maqbul
manbalarini tanlab olish, xarajatlar va daromadlar tarkibini moliyaviy
rejalashtirish, kompaniyaning biznes-modelini tahlil qilishni ko‘zda
tutuvchi puxta ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yangidan tashkil
etilgan korxonaning bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish
ehtimolini oshiradi.
Korporativ moliya va startaplar moliyasi
Moliyaviy Turlicha Turlicha
oqimlarning boshqaruv moliyalashtirish
turlicha tuzilmasi tamoyillari manbalari
Turli moliyaviy strategiya
10.3-rasm. Korporativ moliya va innovatsion start-up moliyasi
Manba: A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, A.N. Erkayev Innovatsion
iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.
Yangi kompaniyaning shakllanish va rivojlanishi jarayoni shartli
ravishda bosqichlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har birining o‘ziga
xos aniq vazifalari va ularni hal etish usullari mavjud. Hayotiylik
siklining quyidagi bosqichlari mavjud:
• rivojlanishning dastlabki bosqichlari – ekish bosqichi va start-up
(Seed Stage, Startup);
395