Page 399 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 399
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
investitsion faoliyatdan salbiy pul oqimlariga ega bo‘lamiz. Kompaniya
rivojlanishining ekish bosqichida tashqi moliyalashtirish manbalarini
jalb qilishning juda qiyinligi va baʼzan mumkin ham emasligi
natijasida kompaniya tadbirkorlik subyektlarining ichki resurslari va
grantlar, biznes-inkubatorlarning mablag‘lari kabi beg‘araz va tekinga
olingan tashqi manbalar hisobiga kun kechiradi. Bundan tashqari, o‘z
faoliyatini endigina boshlayotgan ko‘pchilik korxonalarning tashqi qarz
manbalaridan foydalanmasliklari, odatda, bunday moliyalashtirish
manbalarining yo‘qligi bilan emas, balki faoliyatning dastlabki
bosqichlarida tadbirkorning o‘z faoliyati natijalarini boshqalar bilan
bo‘lishish istagidan yiroq bo‘lgan strategiyani tanlashi bilan ham
izohlanadi.
Start-up bosqichida pul oqimlarining kompaniyadan chetga chiqib
ketish holatlari ham kuzatiladi. Bu mahsulot yoki xizmatni ishlab
chiqish va takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan va ko‘pincha ope-
ratsion faoliyatdan olinuvchi daromadlar evaziga qoplanuvchi
qo‘shimcha investitsiyalarni aks ettiradi. Ushbu bosqichda tadbirkorlar
jamoasi azaldan rostmana faoliyat ko‘rsatayotgan korxona singari
o‘zlarini tuta boshlaydilar va yuridik shaxs sifatida rasmiy ro‘yxatdan
o‘tgan kompaniyaga aylanadilar. Ushbu davrga kelib, kompaniyaning
dastlabki isteʼmolchilari maʼlum bo‘ladi, mahsulotning prototipi
ustida ish keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yiladi, kompaniya jamoasini
to‘ldirish uchun qanday insonlarni jalb qilish lozimligi haqida dastlabki
tasavvurlar paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, moliyalashtirish
jarayonida kompaniya qiymatini baholash, investorlar bilan
bitimlarni puxta tuzish kabi birlamchi savollar paydo bo‘ladi. Kerakli
investitsiyalarni o‘z hisobidan moliyalashtirish, ko‘pincha, so‘nggi
o‘rinlarda ko‘riladi, chunki innovatsion biznes odatda tegishli mablag‘ga
ega bo‘lmagan yangidan o‘z faoliyatini tashkil etayotgan korxona
hisoblanadi. Boshlang‘ich sarmoya yoki ustav kapitali investitsiyalarni
moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘la olmaydi, chunki u doimo bir
meʼyorda saqlanib turishi lozim, aks holda yetarlicha ustav kapitaliga
ega bo‘lmagan korxona tugatilishi tabiiy holdir. Yuqorida taʼkidlab
o‘tganimizdek, moliyalashtirishning birinchi navbatdagi manbalari
398