Page 403 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 403
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Tadbirkorlar uchun fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari ko‘pgina
afzalliklarni taqdim etgani holda mazkur moliyalashtirish usuli
firmani tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga va uni tashqi investorlar
tomonidan rivojlanishning keyingi bosqichlarida moliyalashtirishga
zamin yaratib beradi. Buning natijasida firma moliyalashtirishning
yetishmasligini yengib chiqadi, loyiha tashqi investorlarning tanlov
mezonlariga javob beradigan bosqichga chiqa oladi.
Qarindoshlar va do‘stlar qarzni maʼlum bir talablar asosida beruvchi
investorlardan farqli ravishda, o‘rta muddatli kredit sifatida mablag‘larni
taqdim etishlari mumkin. Bu holda, tadbirkorning qobiliyatini baholashga
qodir bo‘lgan tanishlardan hech bir garov taʼminotisiz pul mablag‘larini
olish osonroq kechadi. Biroq ushbu manbadan foydalanilganda baʼzi bir
noxush holatlar ham kuzatiladi. Xususan, pul mablag‘larini vaqtincha
foydalanishga berib turgan insonlar biz nes yuritish jarayonlariga
aralasha boshlaydilar, asosli yoki asossiz maslahatlar bera boshlaydilar.
Quyidagi jadvalda ushbu moliyalash tirish manbasining afzalliklari va
kamchiliklari umumlashtirilgan holda aks ettirilgan.
Oliy o‘quv yurtlari, ilmiy parklar, biznes-inkubatorlar, texnologiyalar
transferi markazlarining mablag‘lari va grantlari kompaniya
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida shaxsiy jamg‘armalardan
so‘ng o‘zining jozibadorligi bo‘yicha (moliyalashtirish hajmi va
kapital qiymati) ikkinchi o‘rinda turadi.
Grantlar – bu belgilangan muddatlarda muayyan aniq maqsadlarga
erishilishini taʼminlash uchun qaytarilmaslik sharti bilan ajratiluv-
chi mablag‘lardir. Grantlar quyidagi talablarga javob bersa, amaldagi
qonunchilikka ko‘ra, ular soliqqa tortilmaydilar:
1) agar ular beg‘araz taqdim etilgan bo‘lsa;
2) ular Hukumat tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan
shaxslar yoki notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa;
3) taʼlim, sanʼat, madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, il miy
tadqiqotlar sohasida muayyan dasturlarni hal etish uchun berilgan bo‘lsa;
4) grant beruvchi tashkilotlar o‘z mablag‘larini sarflash uchun
muayyan shartlarni belgilaydi va pul sarflashning mohiyati va
maqsadini tasdiqlovchi hisobotni talab qiladilar.
402